Abu Ali Ibn Sinoning ta'limiy qarashlari Abu Ali ibn Sino Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afsxona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik Olimlar boshlig'i, Tabiblar podshohi kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn Sino asarlari Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan. Uning, ayniqsa, Tib qonunlari asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G'arb mamlakatlari universitetlarida asosiy qo'llanma bo'lib keigan va hozir ham bir qancha tibbiy o'quv yurtlarida o'rganiladi. O'rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning ijtimoiy fanlarning juda ko'p jiddiy muammolarini to'g'ri hal qilish shular asosida juda ko'p ilmiy asarlar yaratgan ulkan donishmanddir. U falsafa, ijtimoiyot, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. ABU ALI IBN SINONING TA'LIM VA TARBIYA HAQIDAGI FIKRLARI. Ibn Sino pedagogika masalalariga ijobiy qaradi. Olimning bolani tarbiyalash va o'qitish sohasidagi ko'pchilik fikrlari chuqurligi, insonparvarligi va tarbiya masalalarining murakkabligi bilan hayratda qoldiradi. Ibn Sino o'z tarbiya sistemasiga o'rta asr yetti ozod san'at sistemasidan farq qiladigan: odob, astronomiya, tibbiyot, mantiq, falsafa, tabiatshunoslik, til va uning grammatikasi, musulmon qonunshunosligi fanlarini kiritadi. Ibn Sino tavsiya qilgan tarbiya va ta'lim o'z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Aqliy tarbiya. 2. Jismoniy sog'lomlashtirish (davolash ham shunga xizmat qiladi). 3. Estetik tarbiya. 4. Axloqiy tarbiya. 5. Mehnat tarbiyasi (hunarga o'rgatish). Ibn Sino bolani maktabda o'qitish va tarbiyalashga katta ahamiyat beradi. U o'zining Tadbiri ma'nozil42 asarida bu masalaga maxsus bo'lim bag'ishlaydi. Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash («Omo'zish va parvarish madrasaz farzand») bo'limida birinchi navbatda bolalarni maktabga jalb qilishga to'xtaladi. Uning ta'kidlashicha, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi kerak. Barcha bolalar birga o'qitilishi va tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka o'qitishga qarshi edi. Uning fikricha, bolani maktabda kollektiv o'qitish quyidagicha foyda beradi: 1. Agar o'quvchi birga o'qisa, u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqa-lashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o'qishning yaxshilanishiga yordam beradi. 2. O'zaro suhbatda o'quvchilar bir-biriga kitobdan o'qib olganlarini, kattalardan eshitganlarini himoya qiladilar. 3. Bolalar birga to'planganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, do'stlashadilar, o'quv materiallarini o'zlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridagi yaxshi odatlarni qabul qiladilar. Zamondoshlari Zamondoshlari allomani Shayx ue-rais (donishmandlar sardori),Sharaf al-mulk( mamlakat obro'si, sharafi),Hujjat al-haq( Rostlikka dalil)deb atashgan. Bu bejiz emas. G'arbda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
308.58 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
308.58 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:44 ]
Arxiv ichida: ppt