Abu Ali Ibn Sinoning ta'limiy-axloqiy qarashlari

Abu Ali Ibn Sinoning ta'limiy-axloqiy qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Abu Ali Ibn Sinoning ta'limiy-axloqiy qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi 2. Abu Ali Ibn Sinoning ta'lim sohasidagi qarashlari 3. Ibn Sinoning axloqka oid asarlari. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Sharq va Obro'pada ma'rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligi tufayli, «Shayx - Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig'i», Ovro'pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo'lgan allomalardan biri o'rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta'lim - tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim. Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afsxona qishlog'ida kichik amaldor oilasida tug'iladi. Uning to'la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko'chib o'tgach, u boshlang'ich maktabda o'qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo'r, mehnatsevar edi. Undagi tug'ma qobiliyat, o'tkir zehn, kuchli xotira o'zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do'stlari bilimdon kishilar bo'lib, ularning ilmiy munozaralari o'tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta'sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o'smirlik yillari o'tgan Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo'lib hisoblanar edi. Buxoroda ko'plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo'lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta'lim oladi. Shundan so'ng ibn Sino o'zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug'ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta'lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo'ldi. Ibn Sino so'ngra falsafani o'rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to'liq o'zlashtirib oladi. IX asr oxiri - X asr boshlariga kelib, o'lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko'chib o'tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma'mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug'ullana boshlaydi. Xorazmda o'zining yirik asarlari - «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida ish olib boradi. Mahmud G'aznaviy 1017 yilda Xorazmni o'ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni ham o'z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G'aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo'ladi. Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so'nggi yillari Isfaxonda yashaydi. Ibn Sino ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.03 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.03 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga