Abu Ali Ibn Sinoning umumpedagogik va didaktik g'oyalari

Abu Ali Ibn Sinoning umumpedagogik va didaktik g'oyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Abu Ali Ibn Sinoning umumpedagogik va didaktik g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

Abu Ali Ibn Sinoning umumpedagogik va didaktik g'oyalari Reja: Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiy faoliyati. Abu Ali ibn Sinoning axloq-odobga oid qarashlari. Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida. Abu Ali ibn Sino asarlarida do'stlik va sadoqat g'oyalarining targ'ib etilishi. Abu Ali ibn Sinoning ma'rifatparvarlik qarashlari. Tayanch so'z va iboralar: Odob, axloq, mutafakkir, ta'limiy-axloqiy yo'nalish, pedagogik qarash, ta'lim, tarbiya, bilim, ilm, ma'rifat, bola tarbiyasi, sog'lomlik, halollik, rostlik, to'g'rilik, poklik, ma'rifatparvarlik, do'stlik, sadoqat, didaktik g'oyalar, komillik 1. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiy faoliyati Sharqda «Shayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo'lgan allomalardan biri, o'rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037)dir. U qomusiy olim sifatida matematika, astronomiya, fizika, kimyo, filologiya, mantiq, ta'lim-tarbiya sohalarida ijod etib, dunyoga mashhur yirik asarlarni meros qilib qoldirdi. Abu Ali ibn Sino Buxoro yaqinadagi Afsxona qishlog'ida tug'ildi. Keyinroq uning otasi Buxoroga ko'chib o'tdi. Abu Ali ibn Sino o'zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug'ullana boshladi. U ayniqsa til ilmini chuqur egallab oldi, bu sohada unga Buxoroda Abu Mansur Qamariy ta'lim berdi. Ibn Sino so'ngra falsafani o'rganishga kirishdi. X asr boshlariga kelib, ibn Sino Xorazmga -Urganchga ko'chib o'tdi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Mamun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug'ullana boshlaydi. Xorazmda o'zining yirik asarlari «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida ish olib bordi. Ibn Sino 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratgan. Jumladan: «Al-Qonun», «Xayy ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», «Risolat fi-ishq» («Ishq haqida risola»), «Kitob fi mano ziyorat» («Ziyorat qilishning manosi haqida»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Risolat fi-daf al-gam min al mivt» («O'limdan keladigan gamni daf qilish haqida risola»), «Risolat al-kadr», «An-Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash-ishorat» va at tanbixot» va boshqalar. Ibn Sino o'zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog'liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etib, fanlarni tasniflaydi. Yirik falsafiy asari «Kitob-ush-shifo»da quyidagicha tasnifni uchratishimiz mumkin: Kitobning tabiiy fanlar qismi 8 bobdan iborat bo'lib, bunda falsafaning asosiy qismi bo'lgan tabiatdagi hodisalarni, yani osmon va olam, borliq va buzilish, ta'sir va ta'sirlanish, jon haqida, o'simliklar, hayvonlar to'g'risidagi ilmiy fikrlar asoslab berilgan. 2. Abu Ali ibn Sinoning axloq-odobga oid qarashlari Abu Ali ibn Sino insonning kamolga etishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlaydi. U axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta'riflaydi. Dunyoda mavjud bo'lgan jami narsalar tabiatiga ko'ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o'zi esa mohiyat etibori bilan yaxshilikdir. Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.79 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.79 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga