Abu Nasr Farobiyning ilm-marifat sohasidagi xizmatlari

Abu Nasr Farobiyning ilm-marifat sohasidagi xizmatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Abu Nasr Farobiyning ilm-marifat sohasidagi xizmatlari - rasmi

Material tavsifi

Abu Nasr Farobiyning ilm-ma'rifat sohasidagi xizmatlari Reja: Abu Nasr Farobiy o'rta asr ma'rifatparvari, yirik olim. Abu Nasr Farobiyning sermahsul ijodiy faoliyati. Abu Nasr Farobiyning axloq-odobga oid qarashlarida pedagogik g'oyalarining qo'yilishi. Abu Nasr Farobiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati. Pedagogika fani taraqqiyotida Abu Nasr Farobiyning tutgan o'rni. Tayanch so'z va iboralar: Mutafakkir, odob, axloq, ta'limiy-axloqiy yo'nalish, pedagogik qarash, ta'lim, tarbiya, bilim, ilm, ma'rifat, to'g'rilik, poklik, halollik, rostlik 1. Abu Nasr Farobiy o'rta asr ma'rifatparvari, yirik olim Farobiy manbalarda Al-faylasuf at-turkiy deb yuritiladi. Farobiyning millati darhaqiqat turk bo'lib, Movarounnahrda Farb viloyatining Vasij qishlog'idagi xijriy 257 (melodiy 873) yilda tug'ilgani, otasi armiya qo'mondoni bo'lgani aytiladi. Farobiy dastlab Marvda tahsil ko'rgan. Keyin Bog'dodga ketdi. Falsafaga teran bir qiziqishi bor edi. Abu Mashr Mottabin Yunusdan mantiq darsi oldi. Oraliqda bir bora Xarronga ketdi. Safarda Yuxonna bir Xaylon bilan tanishdi. Undan mantiq va falsafa ilmini o'rgandi. Ilm tahsilini qattiq sevganidan falsafiy madaniyatni ortirish uchun yana Bog'dodga qytdi; Yunon faylasufini va ayniqsa Arastu (Aristotel)ning asarlarini sinchiklab o'rgandi. Islom ilmilarini ham yaxshi bilar edi. Yaxshilik qilishni sevar edi. Xalifa Mutadir zamonida atrofiga ziyo tarata boshladi. Talay falsafiy asarlar yoza boshladi. Bazi asarlarni ham qulay anglashilsin deya sharh etdi. Bir asno Shom (Suriyaga) va Misrga ketdi. Shomga qaytdi. Xalaf (Aleppo) va Shom hududlarining sultoni Sayf ad-Davlat Farobiyga ko'p hurmat ko'rsatadi. Nihoyat Farobiy xijriy 339 (milodiy 950) yilda hayotdan ko'z yumdi. Undan juda ko'p asarlar meros qolgan. Turli ilm sohalarida zamonning eng mashhur olimi edi. Ayniqsa, falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va tib bilimlariga doir tadqiqotlari bilan keng shuhrat qozongan. Abu Nasr Al Farobiy qalamiga mansur asarlari 160 dan ortiqdir. Ular Talxisu Navomisu Aflotun (Aflotun qonuniyalarini mohiyati) Nufuzli shahar aholisining maslavi, Baxt saodatga erishuvchi risola va hakozolardir. Al Farobiy o'zining ko'p qirrali ijodi bilan kelajak avlodni bilim va madaniyatga erishishida inson kamoldotiga alohida etibor berdi. Farobiy insonning kadr-qimmatiga, uning aql zakovanining ijodiy va bunyodkorlik kuchiga yuksak baho beradi: inson Farobiy uchun shunchaki biologik bir mavjudod emas, u o'o'z mohiyatiga ko'ra aql idroki tufayli hayvonot dunyosi chegaralaridan tashqariga chiqadi. Uning aql idroki mehnati bilan bir qatorda uni ijtimoiy jihatdan faol qilib qo'yyadi. Insonning hayoti stixiyali tarzda ketishi mumkin emas. Bu hayot ongli va aniq maqsadni ko'zlagan bo'lishi, faqat shaxsiy emas balki, ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo'lishi lozim. Farobiy pedagogik qarashlarida insonning barcha axloqiy imkoniyatlari yaxshilik va yomonlik, foyda va zarar haqidagi mulohazalarni) baxtga erishishdan iborat birdan bir maqsad mevasi deb biladi. Uning fikricha bir kishining baxti boshqalarning shaxsiy rohat farog'atiga erishishning zarur shartidir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.64 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.64 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga