Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiya to'g'risida

Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiya to'g'risida

O'quvchilarga / Pedagogika
Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiya to'g'risida - rasmi

Material tavsifi

Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiya to'g'risida Reja: Abu Nasr Forobiyning didaktik qarashlari. Forobiyning ta'lim-tarbiyaga bag'ishlagan asari. Olimning Baxt saodatga erishuv to'g'risidagi asarida bilimning o'rganish ahamiyati. 4. Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiya to'g'risida. O'rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uning inson kamoloti haqidagi ta'limoti ta'lim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o'z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Ba'zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Rivoyatlarga ko'ra Abu Nasrning hikmat falsafani o'qishiga bir kishi sabab bo'lgan ekan. O'sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo'yib ketgani sabab bo'lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko'zi tushib, ularning Abu Nasrning ko'ngliga ma'qul bo'lib qoladi va o'qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o'rta asr davri ilm - fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o'zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt - saodatga erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deydi. Forobiy o'z ishlarida ta'lim - tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo'lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o'z o'rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta'kidlaydi. Forobiy «Baxt - saodatga erishuv to'g'risida» asarida bilimlarni o'rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta'kidlashicha, avval bilish zarur bo'lgan ilm o'rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o'rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o'rganish lozim. Undan so'ng, umuman, jonli tabiat o'simlik va hayvonlar haqidagi ilm o'rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo'lish, ularning ko'maklashuvchi yoki munosabatlariga muhtoj bo'ladi. Uning fikricha tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o'qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. CHunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o'zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o'qituvchi lozim. Bunga Forobiy ta'lim - tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish orqali erishish mumkin, deydi. CHunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta'lim - tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to'g'ri bilib oladi va hayotda to'g'ri yo'l tutadi, boshqalar bilan to'g'ri munosabatda bo'ladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.25 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.25 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga