Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fan taraqqiyotidagi o'rni

Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fan taraqqiyotidagi o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fan taraqqiyotidagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fan taraqqiyotidagi o'rni Reja: Beruniy qoldirgan ilmiy merosi. Beruniy asarlari. Ta'lim-tarbiyaga oid fikrlari. 5. Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fan taraqqiyotidagi o'rni. 995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini hal etish bilan birga, SHarqda birinchi bo'lib Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). Beruniy hali juda yosh olim bo'lishiga qaramay, Kot shahrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan. 994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarshi hujum qiladilar. Urganch amiri Ma'mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot shahri zabt etilib (bu shahar Janubiy Xorzamning poytaxti bo'lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo'lgan Beruniy ham boshqa olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqi)da, so'ng Rayda (Tehron yaqinida) yashaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta'lim oladi. O'sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko'rsatadi. «SHams al-Maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo'lgan bu podshohga bag'ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O'rta SHarqqa mashhur qildi. Ma'mun davrida Urganchda «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko'rsatadi. Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi. Ma'mun akademiyasidagi ko'plab olimlar qatori Beruniy ham G'aznaga olib ketiladi va u yerda ko'p qiyinchiliklar bilan o'z ijodini davom ettiradi. Beruniy bu yerda o'zining «Xorazmning mashhur kishilari», «Tahdid nihoyot al-amokin li tashih masofot al - masokin», («Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash», ya'ni «Giodeziya») asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari ham bayon qilingan. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma'lumotlar bergan. Ma'lumki, Mahmud G'aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud G'aznaivyga hamroh bo'lib bordi. U sanskrit (eski hind tili)ni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san'ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda o'zining SHarq va G'arbda keng e'tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 511.6 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 511.6 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga