Adabiy asarni boshqa sanat namunalari bilan qiyoslash

Adabiy asarni boshqa sanat namunalari bilan qiyoslash

O'quvchilarga / Pedagogika
Adabiy asarni boshqa sanat namunalari bilan qiyoslash - rasmi

Material tavsifi

Adabiy asarni boshqa san'at namunalari bilan qiyoslash Reja: 1. Adabiy asarni sssenariy asosida o'rganish. 2. tahlilda san'atning boshqa turlari bilan taqqoslash. ta'lim tuђrisidagi davlat qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi o'qituvchilar oldiga ta'lim shaklida xam, mazmunida dam tub islohotlar qilish vazifasini qo'ydi. Jumladan, sungi yillarda darsda noan'anaviy usullarga murojaat qilish keng kanot ezdi. Bunday usullardan biri adabiyot darslarida o'quvchilarni sssenariy tuzishga o'rgatishdir. Sssenariy o'qituvchi tomonitsan xam, o'quvchilar tomonidan xam tuzilishi mumkin. Sssenariy tuzishda o'qituvchi urganilayotgan asar mazmunigagina emas, birinchi navbatda, mohiyatiga o'quvchilar diqqatini jalb qiladi, ularning adabiy-nazariy tushunchalarni o'zlashtirish darajasini nazarda tutadi. Negaki, adabiyot haqida muayyan darajada bilim olmasdan, asar g'oyasi bilan hayot xaqiqati o'rtasidagi aloqani farqlamasdan, tasvirlangan voqelikka yozuvchi munosabatini anglamasdan, o'qiganlarni umumlashtirish ko'nikma va malakasini egallamasdan turib, badiiy asar mohiyatini to'la manoda tushunib bo'lmaydi. Biz, - deb yozadi filolog va ruxshunos olim A. Leontev, - biror kishini surat oldiga o'tkazib qo'yilsa yoki kinozalga kiritilsa, u ko'rganlarini birdaniga va bir xilda tushunib, o'zlashtirib oladi, deb uylaymiz. Bu - butunlay xatodir. Tretyakov galereyasidagi suratlardan reproduksiya (nusxa) ko'chirib, maktab devoriga osib qo'yish bilan o'quvchilarni estetik tarbiyalash bir xil tushunchalar emas. Bu kino san'atiga dam tegishlidir. (Badiiy adabiyotga xam - S.M.). Xar qanday muomala-munosabatda bo'lgani kabi san'atga yondoshishda maxsus uchish taqozo qilinadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, san'at asari yuzaki munosabatni ko'tarmaydi. Uning tahlili nazariy bilimlarga tayangan holda olib borilsagina mazmun-mohiyatini tushunish, his etish va anglash oson kechadi, natijada estetik tarbiyaviy ximmati yanada ortadi. Adabiyot nazariyasiga oid bilimlar o'quvchilarga shunchaki nazariy ma'lumot tarzida emas, balki badiiy asar mohiyatini to'ђri tushunish, estetik go'zalligini his etishga o'rgatish maqsadida beriladi. Adabiy-nazariy tushunchalarni puxta o'zlashtirgan o'quvchigina badiyat sirlgini teran anglaydi. Badiiy syujet, kompozitsiya, mavzu, konflikt, g'oya, adabiy qaxramon, tasviriy ifoda vositalari turrisidagi tushunchalar so'z san'atining o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan tasavvur berishga karatilsa, adabiy an'analar, oqimlar, ijodiy metodlar, adabiy tur va janrlar haqidagi bilimlar adabiyotning tarixiy taraqqiyoti, qardosh xalqlar adabiyotlari bilan aloqasi, ijtimoiy estetik mohiyati bo'yicha umumlashtiruvchi xulosaga tayyorlaydi. Xar bir asar keng kitobxonlar ommasini nazarda tutib yozilsa-da, uni tushunish, muallif fikrlarini qabul qilish-qilmaslik, estetik ta'sirlanish xususiylik kasb etadi. Masalan, Alisher Navoiyning biror hikoyati yoki ruboiysini 5-sinf o'quvchisi xam, katta yoshli kishi xam o'qishi, o'rganishi mumkin. Lekin o'quvchi undan o'ziga yarasha, katta yoshli kishi o'ziga yarasha xulosa chiqaradi. Yoki bir xil asarlar bazi o'quvchilarda ilik taassurot qoldirsa, bazilarga umuman yoqmasligi mumkin. Ammo gap u yoki bu asarning yoqish-yoqmasligi yoxud kimning qanday xulosa chiqarishida emas, uni nechogli teran tushunishi ustida ketyapti. Kuzatishlar badiiy asar matni tagzaminidagi yashirin manoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.35 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.35 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga