Adabiyotlar ustida ishlash Reja: 1.Ilmiy ish ustida ishlash. 2.Adabiy manbalarni yig'ish. 3.Bibliografiya va adabiyotlar ro'yxati tuzish. 4.Adabiy manbalarni o'rganish. 5.Foydalanilgan muhim manbaning konspekti. Ilmiy ish ustida ishlashning dastlabki qismida ilmiy xodim, ishni mavzuda belgilangan vazifa uchun zarur bo'lgan adabiy manbalarni yig'ishdan boshlaydi. Bu ishni bibliografiya tuzish yoki foydalanilishi zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati deyiladi. Ro'yxat tuzish uchun kutubxona kartochkalaridan foydalaniladi. Kartochkalarda vatanimizda Rossiyada va boshqa chet ellarda mavjud bo'lgan shu muammo yuzasidan kerakli kitoblar, makolalar, yoklangan dessertasiyalar va arxiv materiallari yozib boriladi. Yigilgan materiallar bilan tanishish davomida ilmiy xodim, tanishgan materiallarni tanqidiy karab undan ko'chirmalar oladi. Ya'ni o'z mavzusining qaysi qismiga yoki rejaning qaysi bo'limi uchun zarurligini aniqlaydi. Agar o'z ishi uchun foydalanish zarur bo'lsa, foydalanilgan manbadan olingan sitatalar qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi.Ayniqsa bu yerda o'z mavzusiga yaqin bo'lgan ishlarni, aniq va keng axborot tariqasida yoritish maqsadga muvofiq. Ayrim o'qilgan narsalardan qaysi biriga ilmiy xodim qo'shilishi , va qaysi ishlarga o'z fikri bilan qarshi chiqishi ham aytiladi. Bu olingan materiallar va faktlarni dissertasiyaning qaysi bo'limida foydalanishni ham rejalashtirib qo'yadi. Adabaiy manbalardan foydalanilgan materiallar-ning natijasi odatda dissertasiyaning kirish qismida tahlil qilinadi va ayrim bo'limlarda foydalaniladi. Adabiy manbalar nafaqat kitoblar, jurnal va dissertasiyalarni ko'rishdan iborat bulmay, balki ayrim institut va laboratoriyalar tomonidan chiqarilgan to'plamlar, ilmiy ishlar to'plami, instruksiya va chizmalar, loyihalardan ham iborat bo'ladi. Adabiyotlar bilan ishlashda ayniqsa chet ellardan chiqarilgan adabiyotlarni o'qish katta o'rin tutadi. Ayrim hollarda institut va korxonalarda bajarilayotgan ilmiy ishlarda takrorlanishlar ro'y berib qoladi. Chunki, ilmiy xodimlarning ko'pchiligi chet ellarda bajarilayotgan ilmiy muammolardan xabarsizligi tufayli bunday hollar yuz beradi. Buning asosiy sababi ilmiy ish bilan shug'ullanayotgan xodimning chet tillarini bo'sh bilishidan kelib chikadi. Shuning uchun ham ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi kishilardan ingliz tili, nemis tili va fransuz tillarini chuqur bilish va texnik adabiyotlarni o'rgani qattiq talab qilinadi. Bu adabiyotlarni o'rganish esa mustaqil o'qish orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli nemis va ingliz tillarida ilmiy xodimlarning imtihon topshirishi talab etiladi. Bu imtihon nomzodlik imtihoni deb ataladi. Eng zarur adabiy manbalarni va chet tilida chiqarilgan adabiyotlarni ishlab chiqish uchun institutlar, universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari va maxsus kutubxonalarga hamda Respublika kutubxonasiga murojaat qilish zarur. Bu kutubxoonalar orqali aloqa qilib kerakli jurnallar, adabiyotlar olib o'qilsa, ilmiy ishlar bilan tanishish va chet ellarda chiqarilgan kitoblar va ilmiy ishlar bilan tanishish uchun bevosita o'sha markaziy kutubxonalarga borib ishlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ilmiy ishlar bilan tanishishdan tashqari ilmiy ishlarning mualliflari (o'z mavzusiga yaqin) bilan tanishish va yaqin muammolar haqida maslahatlashishi ham juda muhim. Chunki ilmiy ishni, chiqarilgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.27 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.27 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:44 ]
Arxiv ichida: doc