Ahmad Yugnakiy, Hibat ul-Haqoyiq

Ahmad Yugnakiy, Hibat ul-Haqoyiq

O'quvchilarga / Pedagogika
Ahmad Yugnakiy, Hibat ul-Haqoyiq - rasmi

Material tavsifi

Ahmad Yugnakiy Hibat ul-Hakoyik Koraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlardan yana biri Ahmad Yugnakiyning Hibat-ul-haqoyiq (Haqiqatlar armug'oni) asaridir. Asar mazmunini ham mazkur davrning ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalar, ularning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, kishilar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlar tashkil etadi. Hibat ul-haqoyiq asari To'g'rul qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilgan. Asarning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to'g'ri kelishi alohida takidlanadi1. Ahmad Yugnakiyning hayoti va faoliyati borasida ma'lumot beruvchi manbalar juda kam. Mavjud ma'lumotlar ham asar mazmunidan keltirilgan dalillardangina iborat. Alloma Hibat ul-haqoyiq asarining so'ngida o'zi haqida quyidagi ma'lumotlarni bayon etadi: Adib Ahmad otim, adab, pand so'zim, So'zum munda qolur, borur bo' o'zim. Adibning yeri oti Yugnak erur, Safoliq ajab yer ko'ngullar yorur. Otasi oti Mahmud Yugnakiy, Adib Ahmad o'g'li, yo'q ul hech shakli. Yuqorida keltirilgan misralar mazmunidan Hibat ul-haqoyiq asarining muallifi Ahmad, otasining ismi Mahmud ekanligi, shuningdek, adib Yugnak nomli maskanda tavallud topganligi anglanadi. «Yugnak» nomli manzil (shahar yoki qishloq)ning qaerda joylashganligi to'g'risida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Bu xususida Ahmad Yugnakiy va uning asari mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlar bir qator fikrlarni ilgari suradilar. Chunonchi, Ye.E.Bertelsning fikricha, ushbu maskan Farg'ona vodiysida mavjud bo'lgan bo'lsa, V.V.Bartoldning nuqtai nazariga ko'ra, bu manzil Samarqand viloyati hududlarida joylashgan tumanlardan biriga tegishlidir. Ahmad Yugnakiyning Hibat ul-haqoyiq asari yuzasidan tadqiqot olib borgan hamda mazkur asarni nashrga tayyorlagan olim k.Mahmudov tarixiy manbalar, xususan, Ibn Xavqal va Arat Rahmatiy Ibnul Yaqub tomonidan yaratilgan asarlarda bayon etilgan fikrlarga tayangan holda «Yugnak» so'zi qadimda «Arnoq», «Arnak» kabi shakllarda ham yozilganligi, Arnoq va Arnak nomli maskan Samarqand shahri yaqinida joylashgan bir qatorda qayd etilganligini ishonch bilan takidlaydi. Bizga qadar asarning beshta nusxasi etib kelgan. Ulardan uchtasi to'liq holda saqlanib qolgan bo'lsa, qolgan ikki nusxasida esa ayrim parchalargina saqlangan. Asarning to'liq holda saqlangan nusxalari XY va XIY asrlarda Hirot va Istambul shaharlarida Abdurazzoq bahshi tomonidan ko'chirilgan. Asarning Istambul nusxasida ko'chirilgan sana sifatida 1480 yil qayd etilgan. Ayni vaqtda asarning to'liq nusxalari Turkiya davlatida joylashgan kutubxonalarda, to'liq bo'lmagan nusxasi esa Berlin shahrining kutubxonalaridan birida saqlanadi. Asar 1915-1916 hamda 1925 yillarda Istambul shahrida Najib Osim tomonidan chop etilgan. Aynan mana shu nashr asosida 1951 yilda Arat Rahmatiy tomonidan ham nashr qilingan. Hibat ul-haqoyiq asari yuqori darajada badiiy, filologik hamda pedagogik qiymatga ega bo'lganligi bois keyingi yillarda ham uni qayta nashr etilishiga nisbatan ehtiyoj yuzaga keldi. Ana shu ehtiyojning samarasi sifatida 1971-1972 yillarda k.Mahmudovning sayi-harakatlari tufayli Toshkent shahrida, 1980 yilda Pekin shahrida hamda 1984 yilda Olmaota shaharlarida chop etilgan. Ahmad Yugnakiyning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga