Ajurli arra metodining mohiyati va qo'llash tartibi

Ajurli arra metodining mohiyati va qo'llash tartibi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ajurli arra metodining mohiyati va qo'llash tartibi - rasmi

Material tavsifi

«ajurli arra metodining mohiyati va qo'llash tartibi» «Ajurli arra» metodi Ajurli arra metodining nomi fransuzcha ajour so'zidan olingan bo'lib bir yoqdan ikkinchi yoqqa o'tgan, ikki tomoni ochiq manosini anglatadi. Ajurli arra metodi tuzilish jihatidan o'zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: Topshiriqni bo'lish: topshiriq va matnli materiallar bir necha asosiy qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi; Birlamchi guruhlar: har bir guruh a'zolari qirqilgan mavzuni oladilar va ekspertga aylanadilar; Ekspert guruhlari: qo'lida bir mavzuga oid o'quv topshiriqlari mavjud bo'lgan o'quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga n ekspert guruhga birlashadilar; Birlamchi guruhlar: o'quvchilar o'zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o'rganganlarini o'qitishadi. izoh 1.O'qitish jarayoniga bu tarzda yondashilgan o'quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o'zlashtirilishiga imkon tug'iladi. 2.U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun o'quvchilarga boshlang'ich axborotlarni uzatish zarurati tug'ilsa, ma'ruza o'rnini bosa oladigan samarali instrumentariy hisoblanadi. 3.O'qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo'yicha o'quvchilarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo'ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi. Unda darslikdan, qo'shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo'lishi mumkin. 4.Har bir o'quvchi 2 guruh tarkibida ishtirok etdi: dastlab o'z uyi (birlamchi) guruhiga, keyin esa ekspert guruhiga birlashib, o'quv elementlarini mustaqil o'rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil etish uchun o'quvchilar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir xil rangdagi qog'ozlarga yozilgan yoki rangli qalam bilan qog'ozning biror bir burchagi bo'yalgani maqul. 5.Har bir guruh 3tadan 5tagacha kishi (o'quvchilar soniga qarab) bo'lishi mumkin. Har bir o'quvchi o'z uyidagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab olishi kerak. 6.O'qituvchi o'quvchilarni rangli topshiriqlar asosida guruhga birlashishini taklif etadi va ular alohida mavzular bo'yicha ekspertga aylanadi. Misol uchun, qizillarni esa maktab yo'lakchasida uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert guruhda 3tadan kam o'quvchi bo'lmasligi kerak. 7.Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. Har qaysi guruh turli xil materiallar to'plamini olishlari va ularni o'qishi, muhokama qilishi, bo'yicha ekspert bo'lishi uchun o'quvchilarda vaqt etarli bo'lishi kerak. Bu uchun agar materiallar murakkab va katta bo'lsa, ehtimol bir dars to'liq talab qilinadi. 8.O'quvchilarga quyidagicha topshiriqlar beriladi: - bir-biringizdan so'rang va o'quv materiallarini har biringiz tushunib olganingizga ishonch hosil qiling; -o'z o'yingiz guruhini o'qitish zarurligini hisobga olib materialning muhim o'quv elementlariga etiborni qarating. 9.O'quvchilarning o'z uylariga qaytishlarini iltimos qiling. Har biri o'z uyi - guruhiga axborot beradi. Shaksiz, uy guruhida ekspert guruhlardan bittadan o'quvchi bo'lish shart. O'quvchi o'rganib kelgan materiallarni o'z guruhi o'quvchilariga o'rgatish javobgarligini bo'yniga olishi lozim. Bu jarayon o'quv materialining o'zlashtirish zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin. 10.O'quvchilar bir-birlaridan axborotlarni o'rganib bo'lishgach, o'qituvchi oldindan rejalashtirgan faoliyat turini o'tkazishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 992.49 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 992.49 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga