O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA KAFEDARASI YULDASHEVA SANOBAR ULJAYEVNANING 5140200 - FIZIKA ASTRONOMIYA TA'LIM YO'NALISHI BO'YICHA BAKALVR DARAJASINI OLISH UCHUN Akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida termodinamika asoslari bobini o'qitishda didaktik metodlardan foydalanish uslubi MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI ILMIY RAHBAR : Dotsent I.Qo'qonboev QO'QON 2011 KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prizedenti I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 19 yillikka bag'ishlangan tantanali yig'ilishida Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lini izchil davom ettirish taraqqiyotimizning muhim omilidir mavzusidagi ma'ruzasida 2011 yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e'lon qilindi. Ma'ruzada yoshlarimiz o'zlari egallayotgan eng zamonaviy bilim va ko'nikmalarni amalda joriy etishi uchun kasb hunar kollejlari va oly o'quv yurtlari bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga keng jalb qilish haqida bordi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risidagi parmoni muhim qadam bo'ladi. Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu masalaga ustivor ahamiyat bermasdan turib taraqiyot haqida so'z yuritib bo'lmasligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Bugun zamonning o'zi ushbu masalani siyosatimizning eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida belgilashni taqozo etmoqda. Alohida katta etiborni talab etadigan yana bir masala shuki, hozirgi vaqtda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, asosan, savdo sotiq, xizmat va aloqa sohasida qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ko'proq rivoj topmoqda. Lekin, shu bilan birga, sanoat sohasida, yuqori texnologiyalarini talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda, innovatsion va nanotexnologiyalar, farmokologiya va farmaseftika, axborot -kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya, muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida, muxtasar aytganda, ilg'or ilm fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib berishimiz zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik -jamiyatimizning bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo'lishi shart. Men AL va KHK larda o'tiladigan fizika darslarida Termodinamika asoslari bobini o'qitishda didaktik materiallardan foydalanish mavzusini tanlashimdan maqsad hozirgi davrda ta'lim sohasini tubdan isloh qilish va ta'lim samaradorigini oshirishda o'qitishning ilg'or yangi pedagogik texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etishga alohida e'tibor berilganligidir. Xususan, tabiiy fanlar fizika fani sohasida kompyuterdan didaktik materiallardan foydalanib mavzular bayonini tasvirdagi animatsiya harakatlar, yani tabiatda o'z ko'zi bilan ko'rish imkoni bo'lmagan fizik jarayonlarni o'ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi 2008 yil 18 fevraldagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:44 ]
Arxiv ichida: doc