REJA: 1. Dramatik asarlarda qahramon ruhiyatini o'rganishning amaliy masalalari 2. Dramatik asarlarda qahramonlar ruhiyatini o'quvchilarga diogloglar, poliloglar va muallifning qahramonlarga bergan tavsiflari orqali o'rganish 3. Dramatik asarlarda qahramonlar ruhiyatini o'quvchilarga monologlar orqali ochib berish 4. Xulosa Dramatik asarlarda qahramon ruhiyatini o'rganishning amaliy masalalari. Maqsud SHayxzoda o'zbek adabiyotida she'rlar, dostonlar, ilmiy asarlar ijodkori bo'lishi bilan birga dramaturg sifatida ham shuhrat topgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Jaloliddin Manguberdi asarini, keyinchalik Mirzo Ulug'bek tragediasini yaratgan. Jaloliddin Manguberdi dramasida Xorazmning CHingizhon tomonidan zabt etilishi, Jaloliddin Manguberdi kishilarning unga qarshi, yurt ozodligi uchun olib borgan kurashi tasvirlangan. Maqsud SHayxzoda qator dramatik asarlarning tarjimoni sifatida ham ko'pchilikka tanish. A.S.Pushkinning Motsert va sal'yeri she'riy dramasi, V.SHekspirning Hamlet, Romeo va Juletta tragedialari SHayhzoda tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. O'quvchi kirish mashg'ulotida Sh. Boshbekovning Temir xotin asari komediya janriga, K.Yashinning Nurxon asari drama janriga mansubligini aytadi. M. SHayxzodaning Mirzo Ulg'bek asari esa Hamlet, Zaharli hayot… asarlari kabi tragedia janriga mansubdir. Mashg'ulot davomida o'qituvchi Ulug'bek haqida qisqacha ma'lumot beradi. Ulug'bekning asl ismi Muhammad bo'lib, tarihiy asarlarda Muhammad Tarag'ay deb yuritiladi. Amir Tarag'ay Temurning otasining ismi, bo'lib Ulug'bek Temurnig nabirasi bo'lgani uchun nomiga Tarag'ay qo'shib aytilgan. Ulug'bek esa Amir Temur tomonidan nabirasiga berilgan keyingi nomdir. Ulug'bek saroyga olimlarni yig'ib, ilm-fan taraqqiyoti uchun kurashdi. Madrasalar qurdirdi, bog'lar barpo qildi. Temur zamonida boshlangan Bibixonim, Go'ri Amir singari binolarini qurib bitkazdi. Ulug'bek Ali Qushchi, Miram CHalabiy singari shogirdlari bilan rasadxona qurib, astranomiya fani bilan shug'ullanadi. U 1018 yulduzning holatini o'rganib, Zichi Ko'ragoniy nomli astranomiya jadvalini tuzdi. Uning bu asari jahon astranomiya ilmidagi eng mukammal asarlardan biridir. Ulug'bekning ana shunday taraqqiyparvar ishlari reaksion guruhlari qarshiligiga uchradi. Ulug'bek o'z o'g'li Abdullatifning buyrug'iga binoan o'ldirildi. Ulug'bek nomi Alisher Navoiy, Bobur singari yozuvchilar asarlarida katta hurmat bilan tilga olinadi. Akademik Bartold, Qori Niyoziy singari olimlar Ulug'bek faoliyati haqida ilmiy asarlar yaratdilar. S.Barodinning Samarqand osmonida yulduzlar romani M: SHayhzodaning Mirzo Ulug'bek tragedyasi, O.YOqubovning Ulug'bek xazinasi romanida Ulug'bekning ma'rifatparvarligi aks ettirilgan. Ulug'bek haqida juda ko'p she'rlar ham yaratilgan. O'qituvchi ulardan eng muhimlarini aytib o'tadi. Erkin Vohidovning O'zbegim nomli qasidasida shunday deyilgan misralar bor: Tuzdi-yu Mirzo Ulug'bek Ko'ragoniy jadvalin, Sirli osmon tog'iga ilk- Qo'ydi narvon o'zbegim. Abdulla Oripovning O'zbekiston sherida esa: Bobolardan so'z ketsa zinhor Bir kalom bor gap avvalida. Osmon ilmi tug'ilgan ilk bor Ko'ragoniy jadvallarida Qotil qo'li qilich soldi mast Quyosh bo'lib uchdi tilla bosh Do'stlar ko'kda yulduzlar emas U Ulug'bek ko'zidagi yosh. Yerda qolgan, o tanim manim, O'zbekiston-Vatanim manim, - misralarini o'qish mumkin. Mirzo Ulug'bek tragediyasi Hamza teatrida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.18 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.18 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: doc