BITIRUV MALAKAVIY ISHI Akademik litseylarda Oqsillar mavzusini o'qitish metodikasi. Bitiruv ishining dolzarbligi Akademik litseylarning kimyo darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya elementlarini qo'llagan holda Oqsillar mavzusiga doir dars ishlanmalarning yaratilganligi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O'zbekiston Respublikasida, Rossiya va boshqa mamlakatlarda nashr qilingan darslik, o'quv qo'llanma va internet saytlardan foydalanib oqsillar va uning xossalariga oid materiallarni o'rganish, tahlil qilish umumlashtirish va ulardagi ma'lumotlarni kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Akademik litseylarda oqsillar mavzusini o'qitish jarayoniga yangicha yondashish va o'qitishning samarali usullarini o'rganish, hamda kelajakdagi pedagogik faoliyatimda dars jarayoniga tadbiq etish. Didaktik o'yinlar Ta'lim tizimida didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilarni muloqotga kirishish ko'nikma va malakasini shakllantiradi, hamda o'quvchilarni bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi. Didaktika yunoncha didaktikos so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'qitish, o'rgatish ma'nosini bildiradi. Talabalarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar , didaktik o'yinli darslar deb ataladi. Didaktik o'yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bu o'yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Didaktik o'yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro'lli, ishchanlik va boshqa yo'nalishlar bo'yicha turlarga ajratiladi. Ishchanlik o'yin darsi Rolli o'yin darsi Teatrlashtirilgan dars Kompyuter darsi Kim oshdi savdosi darsi Yamarka darsi Formulalar darsi Sud darsi Konsert darsi Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi Mo'jizalar maydoni darsi Akademik-litseylarning tabiiy fanlar yo'nalishlariga ''Oqsillar'' mavzusiga davlat ta'lim standartlarida 6 soat ajratilgan. Ular quyidagicha taqsimlangan. Dastlab talabalarga mavzu tushuntiriladi, ya'ni oqsillar, ularning siflanishi, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to'rtlamchi strukturalari, denaturatsiyasi, biologik funksiyalari haqida ma'lumot beriladi. Oqsillar - yuqori molekulyar biopolimerlar bo'lib, organizmlardagi biokimyoviy jarayonlarning amalga oshishida muhim rol o'ynaydi. Ularsiz hayotni tasavvur etib bo'lmaydi. Oqsillar oddiy va murakkab oqsillarga bo'linadi. Oddiy qsillar - albuminlar, globulinlar, prolaminlar, protenoidlar, protaminlar, glyutelinlar. Murakkab oqsillar - xromoproteidlar, nukleoproteidlar, glikoproteidlar, lipoproteidlar. Oqsillarning birlamchi strukturasi. Oqsillarning birlamchi tuzilishi deganda, polipeptid zanjiridagi aminokislotalar qoldiqlarining soni va joylashish tartibi tushuniladi. Bu tartib irsiy belgilangan bo'lib, avloddan avlodga o'zgarmasdan o'tadi. 1958-yilda P.Zanger 51ta aminokislota qoldig'ini saqlagan insulin oqsilida aminokislotalarning umumiy ketma-ketligini (joylashish tartibini) aniqlagani uchun Nobel mukofotini oldi. Insulin pоlipеptid zаnjiri bo'lаgining tuzilishi. Oqsillarning ikkilamchi strukturasi. Vodorod bog'lar tufayli hosil bo'ladigan polipeptid zanjirning spiral konfiguratsiyasi oqsil tuzilishining ikkilamchi tartibi yoki oqsillarning ikkilamchi tuzilishi deyiladi. Polipeptid zanjir α-spiral va β-struktura ko'rinishida bo'lishini 1950-yilda AQSH olimlari L.Poling va R. Korilar rentgenstrukturaviy analizi yordamida aniqladilar. Polipeptid zanjirning α-spirallanishida har bir aylanishiga 3,6ta aminokislota qoldig'i to'g'ri keladi. Spiral qismining to'liq takrorlanishi 18ta aminokislota qoldig'idan keyin ro'y beradi. Oqsil molekulalarida β-struktura, odatda polipeptid zanjiri yonma-yon kelganda hosil bo'ladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.97 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.97 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: pptx