RYeJA: Alaliya haqida tushuncha. Motor alaliya haqida tushuncha. Sensor alaliya haqida tushuncha. Afaziya haqida tushuncha. Motor va sensor afaziya. Afaziya va alaliyani korreksiyalash. Tayanch so'zlar: (Alaliya Motor. Sensor. Afaziya. Embolofraziya. Exololiya.) Alaliya eng og'ir nutq nuqsonlaridan biri hisoblanadi, bunday nuqson paytida bola til orqali muloqot vositasidan butunlay ajraladi: uning nutqi mustaqil va logoped yordamisiz shakllanmaydi. Alaliya nutqning yo'qligi yoki bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig'i nutq doirasining organik jarohatlanishi o'zluksiz rivojlanmay qolishidir. Alaliya bolalarda perifirik eshitish va artikulyatsion apparatning saqlangan holda kuzatiladi. Bunday omillar ulardagi nutq rivojlanishi uchun aqliy imkoniyatlarning mavjudligidan dalolatdir. Nutq buzilishining shakllanish sabablari markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi bilan bog'langandir. Ularga quyidagilar kiradi: bosh miyaning jarohatlanishi; tug'ruqning og'ir kechishi; tez tug'ish oqibatida miyaga qon quyilishi; bolaning ona qornida rivojlanish bosqichida, tug'ruq vaqtida, shuningdek bolaning bir yoshgacha bo'lgan dastlabki rivojlanish bosqichida moddalar almashinuvining buzilishi. Bundan tashqari og'ir raxit xastaligi, nafas yo'llarinig kasallanishi, hayotining dastlabki oylarida uyqusi va ovqatlanishining buzilishini boshidan kechirgan bolalarda ham alaliya paydo bo'lishi mumkin. osh miya katta yarim sharidagi nutq doirlarining buzilishiga qarab alaliyaning ikki shakli: motor alaliya va sensor alaliya vujudga keladi. Motor alaliya markaziy xarakterdagi organik buzilishlar natijasi hisoblanadi. Bunday nosog'lom nevrologik ko'rinish nutqning rivojlanishi borasida jiddiy orqada qolish bilan qo'shilgan holda nutq faoliyatining susayishiga, nutq nuqsonlarining kelib chiqishiga, ruhiy va intellektual rivojlanishda asta-sekin orqada qolishga olib keladi. Nevrologik nuqsonning namoyon bo'lishiga ko'pincha ota-onalarning tarbiya masalasiga noto'g'ri yondashuvlari ham sabab bo'ladi. Bunday noto'g'ri yondashuv ularning zaif bolaga xaddan ortiq extiyotkor, raxm-shafqatli munosabatda bo'lishlarida namoyon bo'ladi. Motor alaliyali bolalar ruhiy jismoniy holatining zaiflashuvi ko'p toliqish va ishga qayishmaslik oqibatidda yanada chuqurlashadi. Tashqi nutqning buzilishi shuningdek bog'lanishli nutqni mustaqil talaffuz qilishning birdaniga pasayishi motor alaliyali bolalarning xarakterli belgisidir. Bu paytda bolalarning faol lug'at boyligini o'zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan to'g'ri tuzish, tovush talaffuzi va so'zning bo'g'inli ko'rinishidan foydalanish borasidagi qiynalishlari kuzatiladi. Shunday qilib alaliyalik bolalardagi nutq holati juda ham rang-barangligi bilan tavsiflanadi va u nevrologik buzilishlarning og'irligiga, nutq muhiti va tarbiyaviy sharoitga logopedik ta'sir etishning vaqti va muddatiga boshqa ko'p xollarda esa bolaning kompensatorlik imkoniyatlariga bog'liqdir. Motor alaliyali bolalar nutqining mazmunli tomoni buzilishi o'zoq muddatli va o'zluksiz tuzatish ishlari olib borishni talab etadi. Bu nuqson maxsus o'qitishsiz tugatilmaydi. Tarbiyachi motor alaliyasi bilan xastalangan bolalarni logoped xuzuriga konsultatsiyaga yuborish kerak. Sensor alaliyadagi nuqsonlarning buzilishida eshitish to'liq saqlangan holda nutqni qabul qilish va tushunishning buzilishi asosiy hisoblanadi. Sensor alaliya bosh miya chap yarim shari yuqori doirasining jarohatlanishi bilan bog'langandir. Sensor alaliya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.98 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.98 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: doc