Al-Buxoriy Al adab al mufrat asari

Al-Buxoriy Al adab al mufrat asari

O'quvchilarga / Pedagogika
Al-Buxoriy Al adab al mufrat asari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Al-Buxoriy Al adab al mufrat asari. Reja: Imom al-Buxoriyning hayoti va ijodi. Al-Buxoriy asarlarida tarbiyaviy masalalar. Uning Al-adab al mufrat asari haqida. 2. Al-Buxoriy Al adab al mufrat asari Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo'lib, haj ibodatini ado etadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo'yicha, Damashq, Qohira, Basra va Bag'dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo'yicha ta'lim oladi. SHuningdek, allomaning o'zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi. U hadis ilmining yetuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o'rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o'zidan esa to'qson ming nafar kishi isxonarli hadislarini eshitgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to'plagan. 100 ming sahih va 200 ming g'ayri sahih hadislarni yod olgan. Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ'ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko'ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xolid az-Zuhaliy uni saroyga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifni qabul etadi va: Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo'lsa, bolalarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin, -deb javob beradi. SHu bois alloma bilan amir Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy o'rtasidagi munosabatga bir oz putur yetadi. Bunga ayrim hasadgo'y shaxslarning ig'volari ham sabab bo'ladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o'z yurtlariga taklif etadilar. Yo'lga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bo'lgan Haftang qishlog'i (hozirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo'lib qoladi va shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. At-tarix al-avsat (O'rta tarix), At-tafsir al-kabir (Katta tafsir), Al-jome' al-kabir (Katta to'plam), Kitob-ul-hiba (Hadya kitobi) nomli asarlari ham bo'lganligi ma'lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan. SHubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o'tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari Al-jome' as-sahihdir. Bu asar Sahih al-Buxoriy nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobda payg'ambarimiz Muhammad Alayhis-salom hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma'lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng sahih hamda 400 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan. Bu kitob Islom ta'limotida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 773.38 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 773.38 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga