Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xusayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy - axloqiy qarashlari

Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xusayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy - axloqiy qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xusayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy - axloqiy qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xusayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy- axloqiy qarashlari Reja: 1.Alishier Navoiy va uning ta'limiy -axloqiy asarlarida ilgari surilgan yuyalari. 2.Abdurahmon Jomiyning ta'limiy-axloqiy qarashlarida komil inson tparbiyasi. 3.Husayn Voiz Koshifiyning ta'limiy-axloqiy tsarashlari. 4.Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy va Husayn Voiz Koshifiylarning tpalim-tarbiya tarixida tutgan o'rni. 1. Alisher Navoiy va unig taliimy-axloqiy asarlarida ilgari surilgan g'oyalar. Qomusiy bilimlar soxibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan va san'atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlarini rivojlantirish bilan birga, ta'lim-tarbiyani takomillashtirishga xam etibor berdi. U o'z «Xamsa»sida, «Maxbub ul-qulub» kabi yirik ta'limiy-axloqiy asarida, shuningdek, «Munojat», «Vaqfiya», «Majolisun nafoio, «Muxokamat ul - lug'atayn» kabi asarlarida Aduraxmon Jomiyning Arbayin nomli asari tarjimasi «Chixil xadis («Qirq xadis)da tarbiyaga oid o'z qarashlarini ifoda etadi. Alisher Navoiy o'zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta'lim-tarbiya to'g'risidagi fikrlarini ifodalagan bo'lsa, ta'limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo'llari, usullarini bayon etdi. V. Zoxidov takidlaganidek, «Navoiy ijodining, amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo'nalish nuqtasi xar narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yashashi, zarur jamiyat masalalaridir». Alisher Navoiyning qarashlariga ko'ra inson tabiatan tabiat bilan bog'liq, shunga ko'ra xudoning mevasi sanaladi, chunki tabiatning o'zini xam Ollox yaratgan. Shuning uchun xam u hayotda xamma narsadan yuqori turadi, borliqning, butun mavjudotning bebaho boyligi sanaladi. Inson o'ziga xos xislatga, xulqqa, xatti-harakatga ega bo'lganligi uchun xam boshqa mavjudotlardan farq qiladi.«Bular xush ovoz bilan kuy kuylashdan, yokimli soz chalishdan tortib, to do'stga vafodorlikkacha, ilmu hunar o'rganib tog'ni tallxon qilishdan, tabiatni o'z manfatlari xizmatiga ko'yishdan, qaxramonlikdan tortib, to halol, o'z kuchi bilan mehnat qilib, shod-xurram yashashlikkacha, insofli, vijdonli bo'lishdan tortib, to qanoatli sabrli, matonatli bo'lishigacha, ozodlikni, xurlikni sevishdan tortib, to inson uchun zararli bo'lgan yomonlikni nafratga uchratishgacha, shafoatli, shafqatli, adolatli bo'lishdan tortib, to razillarga ayovsiz kurash elon qilishgacha, shirin so'zlikdan tortib, to ochiq ko'ngillikkacha, sofdillikkacha», - namoyon bo'ladi, deydi V. Zoxidov yuqoridagi fikrini davom ettirib.Shuning uchun xam Alisher Navoiy butun umri davomida yiqqan tajribasi asosida «Maxbub ul-qulub» («Ko'ngillarning sevgani») asarini yozadi va ana shu asarida o'zining «Hayrat ul-abror», «Nazmul javoxir» va boshqa ta'limiy-axloqiy asarlaridagi axloqiy qarashlarini rivojlantiradi.Uning mazkur asarni yozishdan maqsadi xam muqaddimada bayon etilgan: Xar ko'cha-ko'yda yuguribman va olim axlidan xar zsil kishilarga o'zimni yetkazibman. Yaxshi va yomonning fel-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarni tajriba qilibman. Alisher Navoiy muqaddimada kishilarni ikki guruhga «munosib kishilar» va «nomunosib kishilar»ga bo'lib, hayotda inson ana shu nomunosib kishilardan o'zlarini tiyishi va yaxshi-yomonni ajrata olishda «Maxbub ul-kulub»dan foydalanishi zarurligini takidlaydi. Demak, Navoiy hayot tajribalari asosida yoshlarni haqiqiy, komil inson bo'lishga undaydi va hayot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.63 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.63 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga