Alisher Navoiyning ta'limiy-axloqiy merosi

Alisher Navoiyning ta'limiy-axloqiy merosi

O'quvchilarga / Pedagogika
Alisher Navoiyning ta'limiy-axloqiy merosi - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning ta'limiy-axloqiy merosi Reja: Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati. Alisher Navoiy asarlarida komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlar. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror», «Mahbub ul-qulub» asarlarining shaxs kamolotidagi ahamiyati. Alisher Navoiyning maktab va madrasalarni rivojlantirishdagi faoliyati. Alisher Navoiyning axloqiy qarashlari. Tayanch so'z va iboralar: Komil inson, mutafakkir, ta'lim, tarbiya, axloq, odob, xulq, mudarris, maktab, madrasa, axloqiy qarash, adabiyot, san'at, hattotlik, tarix, musiqa, insonparvarlik, pedagogik qarash, falsafiy masala, ijtimoiy-siyosiy masalalar, axloqiy-ta'limiy masalalar 1. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) fan va san'atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san'at, memorchilik rivojlanish bilan birga ta'lim-tarbiya takomillashishiga katta etibor beradi. U o'zining «Hamsa», «Mahbub ul qulub» kabi ta'limiy axloqiy asarlarida, shuningdek «Munojat», «Vaqfiya», «Majolisun nafois», «Muhokamatul ul-lug'atayn», «Qirq hadis» asarlarida tarbiyaga oid qarashlarini ifoda etadi. Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g'oyasi bilan sug'orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini o'z manfa atidan ustun qo'yadi: Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam, Yelga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. Yoki Odami ersang demagil odami Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami. Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o'rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta'riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U ilmda barcha fanlarni o'rganishni targ'ib etadi. Navoiy ilm-fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etdi, uning yonidan maktab ochib, o'z vakfidan mablag' ajratdi. Madrasada qattiq intizomga amal qilinishini nazorat qildi. Adib ustoz-murabbiylarga ham katta talablar qo'yadi, ularni avvalo o'zlari bilimli va tarbiyali bo'lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi: Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila1. 2. Alisher Navoiy asarlarida komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlar Alisher Navoiy o'zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta'lim-tarbiya to'g'risidagi fikrlarini ifodalagan bo'lsa, ta'limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo'llari, usullarini bayon etdi. Alisher Navoiy o'z davrining ilg'or, ma'rifatparvar allomasi sifatida islomdagi ta'lim-tarbiya aqidalari, o'zidan ilgari o'tgan mutafakkirlarning qarashlarini an'anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o'rni, aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib berdi. Navoiy tasavvurlaridagi komil insonga xos bo'lgan eng yuksak fazilatlarga: ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga muhabbat kiradi. Chunki, baxtli hayotga intilgan Navoiy fikricha, oqil, qobiliyatli, dono inson o'zining kuch-quvvatiga, aqlu zakovatiga isxonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong'ilikni yoritadigan chiroq, hayot yo'lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko'rsatadigan omil sifatida ta'riflaydi. Bu fikrni «Nazmul javohir» asarida: Kim olim esa nuqtada barhaq de oni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.29 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.29 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga