Alkogolizm bolalar xulqida deviantlikni vujudga keltiruvchi shakli sifatida

Alkogolizm bolalar xulqida deviantlikni vujudga keltiruvchi shakli sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Alkogolizm bolalar xulqida deviantlikni vujudga keltiruvchi shakli sifatida - rasmi

Material tavsifi

Alkogolizm bolalar xulqida deviantlikni vujudga keltiruvchi shakli sifatida Reja: 1. Bolalar ichkilikbozligi - ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida. 2. Bolalar ichkilikbozligining sabab va oqibatlari 3. Bolalarda spirtli ichimliklar ichishga (moyillik) berilish darajalari 4. Alkogol iste'mol qilishga moyil bo'lgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritish tuzilmasi. 5. Alkogol iste'mol qilishga moyil bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni 6. Alkogol iste'mol qilishga moyil bo'lgan bolalar yosh ko'rsatkichlariga ko'ra olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat xususiyatlari I. Bolalar ichkilikbozligi - ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida Bugungi kunda bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolaridan biridir. Bu muammo madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarga ega. Bu muammoga qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlar ko'rishda bu muammoning tarixini bilish muhimdir. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish odati 8 ming yil ilgari vujudga kelgan. Arab kimyogari Albukazis Koza tomonidan ishlab chiqilgan turli o'simlik moddalarining achishi sababli hosil bo'ladigan etil spirti keng tarqalib iste'mol etila boshlandi. Aroq VI asrda kashf etilgan. Aroq benedektin-manaxi tomonidan barcha monastirlarda tarqatila boshlandi. Hokimlar hamma vaqt ichkilikbozlikka qarshi kurashib kelganlar. Spirtli ichimliklarni sotishni mann etuvchi qattiq qarorlar chaqarib, nazorat qilganlar. Ivan Grozniy, Boris Godunov, Yekaterina II lar davrida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va tarqatishga qarshi chiqargan farmonlari bu ichimliklarning to'la yo'qotilishiga erishilmadi va aholining ichkilikbozlik muammosi hal etilmadi. Bunga qator sabablar ham mavjud edi. Birinchisi - ichkilikbozlik odamlarni jamiyatda mavjud muammolardan chalg'ituvchi voqelik sifatida o'rin tutardi. Ikkinchi sabab - spirtli ichimliklarni sotishdan davlatga katta moddiy manfaat bor edi va mavjud. Sobiq Ittifoq davridagi statistik hisobotlarda, 1980 yil 1950 yilga nisbatan, 10,4 barobar ortiq spirtli ichimliklar ko'proq iste'mol qilingan. Bu ma'lumotga uyda tayyorlangan aroq, musallas va sharoblar kiritilmagan. Sotsiologlarning fikricha, jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, har yili jon boshiga 8 litr spirtli ichimligi to'g'ri keladi. Bu millatlarning genofondi o'zgarishiga olib keladi. Bu holatda sog'lom bolalarga nisbatan ruhiy, jismoniy og'ishgan, nosog'lom bolalarni spirtli ichimliklarga juda yosh davrlaridan va tez o'rganib qolishi juda havotirli omillardandir. Alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali kasallik bo'lib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm - shaxsni deviant (xulqiy og'ishganlik) xulq-atvorining shakli bo'lib, shaxsni ijtimoiy degradatsiyalash, spirtli ichimlikka qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi. Alkogolizm rivojlanishining boshlang'ich bosqichida insonalohida kasalmand ahvolga tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste'mol qilish natijasida kasallik rivojlanib ichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati bir-biri bilan o'zaro aloqador bo'lib, quyidagi holatlarga sabab bo'ladi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma'naviy axloqsizlik, xulq-atvor buzuqligi, o'z-o'zini o'ldirish. Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlardagi kasallikning birinchi ko'rinishldari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.68 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.68 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga