Reja: 1. Allalarning vujudga kelishi 2. Allalarning aytilishidagi bosqichlar 3. Allalarning pedagogik ahamiyati Allalarning vujudga kelishi Beshikdagi farzandiga muhabbat va umid qo'shig'ini kuylamagan ona olamda bo'lmasa kerak, albatta. Bu kushiklar - ona allalari - san'atning bebaho xazinasiga aylandi. Ammo afsuslar bo'lsinki, bu qo'shiq turli nashrlarda sochilib yotibdi va hech kim ularni bir joyga yig'ishni xayoliga ham keltirmayotir. Nega bizning bolalar nashriyotimiz barcha xalqlar allalarini to'plab, ularni alohida kitob shaklida nashr etishi mumkin emas?! Bunday kitob bizning poeziyamizda ajoyib hodisa bo'lib qolmay, yana ham ma'rifiy, ham tarbiyaviy qimmat kasb etgan bo'ladi. Bu hayratlanarli kitob bo'ladi. Rasul Hamzatov Allalar - beshik qo'shiqlarining keng tarqalgan an'anaviy janri hisoblanadi. Jahonda biror xalq, elat yoki millat yo'qki, ularning tilida alla kuylanmasa ruslarda bayki yoki bayushki deb yuritiluvchi bunday qo'shiqlar turkmanlarda huvdilar, ozarbayjonlarda lay-lay, tatarlarda alli-balli, qoraqalpoqlarda heyya-heyya, turklarda ninni, forslarda lolo, nemislarda wiegelied, , o'zbek va tojiklarda alla va allo atamalari bilan mashhurdir. Binobarin, alla jahon onalarining mehrga yo'g'rilgan bir qadar farahbahsh, ammo o'rni bilan esa bir qadar g'amgin, eng muqaddas qo'shig'idir. Alla ijtimoiy - estetik qimmatiga ko'ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi, bolalarni uxlatish (alla so'zining lug'aviy ma'nosi ham allalash - ovutib, avaylab uxlatish) dan iborat. Bunday allalab ovutish yoki uxlatish, kuylash jarayonida namoyon bo'ladi. Xuddi shu asnoda ularning ikkinchi vazifasi - tarbiyaviy-estetik mohiyati namoyon bo'ladi: bu allaning emotsional ta'sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo'lib, bolani kuy og'ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma'nosini anglashiga yo'l ochish, shu zaylda estetik didini o'stirish maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali ibn Sino allaning ana shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday degan edi: Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo'lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyasiga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan iste'dodi hosil qilinadi. Ulug' hakim bolani sekin-sekin tebratish ning badantarbiya bilan bog'liqligini maxsus ta'kidlagan ekan, umuman, tebratishni, aytaylik, faqat beshikda tebratishnigina emas, balki belanchakda yoki o'tirib olib, ikkala oyoqni yonma-yon holatda uzala cho'zgancha ustiga qo'yilgan yostiqda bolani tebratib alla aytishni, tikka turgan holda bag'riga bosib tebranishni yoki yelkasiga bir maromda qoqa turib alla aytishni ham ko'zda tutgan. Ammo bu jarayonlar allasiz bajarilishi ham mumkin, shunchaki tebratib turilib, bola uxlatiladi. Shunisi ham borki, bu jarayonlar har bir xalqning etnografik xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq. Aytaylik, o'zbek yoki tojiklarda allaning kuylanish ohangi tebratishning muvozanati va ritmiga mos bo'lib, bunda tebratilayotgan narsa beshikmi yoki belanchakmi - hammasining alla ohangiga mutanosibligiga qat'iy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: doc