Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g'oyalari

Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g'oyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

ALLOMALAR ASARLARIDA BARKAMOL INSONNI TARBIYALASH G'OYALARI Allomalar asarlarida ma'naviy barkamol inson tushunchasi va tarbiya masalalari. O'z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o'z millatining istiqboli uchun qayg'urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g'urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo'lmaydi. Bunday kishilarni ma'naviy barkamol inson deya olmaymiz. Komil inson tushunchasi ma'naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog'lom avlod, ma'naviy barkamol, komil inson - darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson bo'lishning aniq cheki va chegarasi yo'q. Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg'ularga limmo-lim to'la pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislatlarning ifodachisi. Komil insonlar jamiyatning tirik vijdonlaridir. Kishilar ularga qarab xushyor tortadilar, dunyo behudaligidan o'zlariga kelib, o'z qalblariga, o'z qilayotgan ishlariga razm soladilar, tavba-tazarru qiladilar. Komil insonlarning af'olu a'moli insonlar diliga quvvat, ko'ziga nur bag'ishlagan. Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida ko'p asarlar bitilgan. Ana shunday kishilardan biri XII asrda yashagan Aziziddin Nasafiy bo'lib, «Insoni komil» nomli risolasida komil insonga ta'rif berib shunday yozadi: «Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo'lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to'rt narsa kamolatga yetgan bo'lsin: yaxshi so'z, yaxshi fe'l, yaxshi axloq va maorif». Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg'on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon Sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo'llanma vazifasini o'tagan ko'p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo'lgan. Shulardan ba'zilarini sanab o'tamiz. Chunonchi, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa'diyning «Guliston», «Bo'ston», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy» va boshqalarni ko'rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning ko'pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to'g'rilik, rostgo'ylik, insonparvarlik, ma'rifatli bo'lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning «Nasoyimul muhabbat» asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o'tilgan. Bular qatoriga ulug' mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o'z kasbidan topib kun o'tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o'zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo'pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo'lish - yaxshi, muloyim tilli bo'lish, rahmdil bo'lish, saxiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 759.74 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 759.74 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga