Reja 1 . Yosh go'daklar rivojlanishining xususiyatlari 2. alohida yordamga muhtoj, anomal bolalar. 3. Anomal bolalarning toifalarilari 4. Anomal bolalarga yordamni tashkil etish 5. Anomaliyalarning kelib chiqish sabablari Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko'radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og'riq, issiq, hid va ta'mni his etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish - sezish va idrok qilishdan, ya'ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko'rish va ko'zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, kuzi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi - buyumlarni ko'rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o'z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o'z vaqtida va tug'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir kursatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar so'zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko'rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o'z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan munosabati - bularning hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi. Bolaning xoh ona qornida, hoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya'ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida yordamga muhtoj - anomal bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir: 1) eshitish kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar', kech kar bo'lib qolgan bolalar); 2) ko'rish qobiliyati zaif (kur, zaif ko'ruvchi bolalar); 3) oligofren (debil, imbetsil, idiot bolalar); 4) og'ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar; 5) harakat-tayanch a'zolarida kamchiliklari bo'lgan bolalar; 6) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar. 7) kompleks nuqsonli kur-kar-soqov bolalar; Anomal bolalar sog'lom tengdoshlari orasida inklyuziv ta'limda yoki maxsus ta'lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o'qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta'sir etgan nuqsonlargina uni anomal bola deb hisoblashga asos bo'lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog'i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir etmaydigan, u umumiy maktab sog'lom tengdoshlari katori uzlashtiradigan bulsa, u anomal bolalar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: doc