Al-Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniyning ma'rifatparvarlik qarashlari Reja: Buyuk olim Al-Xorazmiyning fan olamiga qo'shgan hissasi. Al-Xorazmiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari. Abu Rayhon Beruniyning ijodiy faoliyati. Abu Rayhon Beruniyning O'rta Osiyo fani va madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan hissasi. Mutafakkirlar asarlarida inson kamoloti va uni tarbiyalash masalalari. Tayanch so'z va iboralar: Ilm-fan, olim, madaniyat, mutafakkir, inson kamoloti, tarbiya, ta'lim, algebra, matematika, fikrlar, ijtimoiy qarashlar, falsafiy qarashlar, ijod, ta'limiy-axloqiy asarlar, xulq, odob, bilim, aql. 1. Buyuk olim Al-Xorazmiyning fan olamiga qo'shgan hissasi Muhammad ibn Al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma'rifatining buyuk nomoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmiyda dunyoga kelib, 847-850 yillar oraligida Bog'dodda vafot etgan. Xorazmiy tug'ilib voyaga etayotgan davrda Movarounnahr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi. Olimning to'liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Al-Majusiydir, Abu-Abdulloh Muhammad Islomga o'tganlarga beriladigan an'anaviy ism bo'lgan. Xorazmiyning avlodlari majusiy koxinlaridan, yani Mug'ullar dan bo'lib, islomni otasi qabul qilgan bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga ko'ra Xorazmiy boshlang'ich ma'lumotni o'z uyida olgan, chunki uning otasi qadimiy diniy hamda dunyoviy bilimlardan xabardor bo'lgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanoq bu ilmiy manbalardan o'rganish imkoniyatiga ega bo'lgan. Muhammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib shug'ullangan, bu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o'rgangan, Arab, fors, xind, yunon tillarini ham o'rganib, bu tilda yaratilgana asarlarni ham o'qiy oladigan bo'ladi. Lekin Xorazmiyning vatanidan chetda yashaganligini turlicha sharhlashadi. Chunonchi otasi majusiy koxinlardan bo'lganligi uchun ham arab mutassabbilari uni taqib qilganligi sababli u Xorazmni tashlab ketishga majbur bo'lgan, degan fikrlar ham mavjud. Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa Xorun ar-Rashidning o'g'li Mamun-ar Rashid Marvda xalifa noibi turganda saroyida juda ko'p olimlarni to'plagan, so'ng xalifa bo'lib ko'tarilgach ularni ham Bog'dodda olib ketganini takidlaydi. Biz A.Axmedovning fikriga qo'shilgan holda yana quyidagilarni ham bayon etmokchimiz. Buning sabablari -birinchilardan, o'sha davrda barcha ilmga intilgan olimlar malum fanlarni egallab olganda so'ng ilm-fan markazlariga safar qilganlar va u yerda yetuk olimlar bilan muloqotda bo'lib, turli fanlar bo'yicha bahs-munozara yuritganlar maxsus tayyorgarlikdan va sinovlardan o'tganlar, o'zlarini fan olamida sinab ko'rganlar. Ikkinchidan, xalifalikda ilm markazi sanalgan Damashq va Bog'dodda ilm-fanning taraqqiy etganligi va shaxsan xalifalarning ilm-fan taraqqiyotiga xomiylik qilganligi ham olimlarni jalb etgan. Baytul Xikma da matematika, geodeziya, geografiya falakkiyot va boshqa sohalar bo'yicha tadqiqotlar olib borildi va al-Xorazmiy makzabi yaratiladi. Olimning ayniqsa, matematikaga oid ilmiy merosi jahon ahamiyatiga ega bo'ldi. Xalifa al-Mamun xatto Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida Hindiston va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing quyi oqimidagi) gi o'lkaga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi. Olim insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning muhimligi g'oyasini ilgari so'rgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.61 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.61 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: doc