Amir Temur va zamondosh allomalar Reja: Sayfi saroyi Xusayn voiz Koshifiy Nasriddin burxoniddin o'g'li rabg'uziy Jaloliddin davoniy Poshshoxoja Mirzo ulug'bek Sayfi Saroyi. 1321 yilda Xorazmning Qamishli degan joyida hunarmand qurolsoz oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki bilimni o'z yurtida olgan Sayfi o'qishni davom ettirish uchun Oltin O'rda davlatining markazi Saroy shahriga borgan. U yerda qunt bilan o'qib, shoir sifatida tanilgan. Bu haqda uning o'zi quyidagilarni yozgan: Qamishli yurti mening tuvg'on elimdi, Biling, g'urbatga kelturgon bilimdi. Kelib bo'ldum saroyda sher fidoiy, Saroyning shoiri, elning gadoyi. Lekin o'zaro feodal urushlarning avj olishi, toj-taxt uchun kurashning kuchayib ketganligi, markazlashgan davlat yaratish uchun intilayotgan Amir Temurning Oltin O'rdaga shiddatli zarbasi tufayli Sayfi Saroyi yurtini tark etadi. U avval Eronga, so'ng Turkiyaga boradi. Shoir sarson-sargardonlik, muhtojlikda kechgan kunlaridan nolib sherlar bitgan: O'sib tuprog'im uzra nayzalar men eldan ayrildim, Vatandan benishon o'ldim-da, o'zga yurtda evrildim. Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor, Iloho ayla kam javring, men elga sodiq ul erdim. Sayfi Saroyi umrining oxirgi yillarini Misrda o'tkazib, taxminan 1396 yilda shu yerda vafot etgan. Uning hayot yo'li va ijodiy merosi hali mukammal o'rganilmagan. Bizgacha shoirning bir qancha g'azal, qasida, ruboiy va masnaviylari, Suxayl va Guldursun dostoni etib kelgan. Bulardan tashqari, Sayfi Saroyining 1391 yilda Misrda Sadiyning Guliston asarini o'zbek tiliga tarjima qilgani ham malum. Sadiy asarning turkiy tillarga ana shu ilk tarjimasi alohida qimmatga ega. Chunki tarjimon asl nusxa matniga erkinroq, ijodiy yondoshgan: asar uslubini o'zbek nasriga, xalq hikoyatlariga yaqinlashtirgan, bir xil mazmun va g'oyaga ega bo'lgan hikoyalardan bazilarini tushirib qoldirgan, muqaddima, xotima sifatida nasr oralarida keladigan pand-hikmat tarzidagi sherlarni ixchamlashtirgan, ayrim hollarda o'zidan yangi baytlar qo'shgan. Ammo bu o'zgartirish-lar Sadiy asarining asl mohiyatiga zarar etkazmagan. Tarjima buyuk san'atkorning xalqparvarlik, adolatsevarlik, kasb-hunarga, ilmga mehr qo'yish, halol, pok, diyonatli, xayr-ehsonli bo'lish haqidagi yuksak g'oyalarini o'zbek xalqiga yaqinlashtirish uchun xizmat qilgan. Sayfi Saroyi o'z sherlarida yaxshilik, go'zallik va chin insoniy sevgini, muhabbatni kuylagan, ma'rifatni targ'ib etgan, kishilarni real hayotga, el-yurt xizmatiga chorlagan. Shoir o'ziga xos rang-barang badiiy-tasviriy vositalarni qo'llab, xalqnamo iboralarni ishlatgan. Ayrim g'azallarida mutlaqo yangi so'z va iboralardan foydalangan. Chinakam hayot oshig'i bo'lgan shoir xalqining marhamatini, Vatanini, hayot fayzini hamma narsadan afzal ko'rgan: Xabarsizman u dunyo jannatidan, Yuz o'gurmam elimning rahmatidan. Inonman bo'lguchi dorul vafoya, ¡rug'lik bahrasin topsam kifoya. XUSAYN VOIZ KOShIÔIY (1440-1505) Xusayn Voiz Koshifiy XV asrning 30 yillarida Sabzavor viloyatining Bayhaq tumanida tug'ilgan. Bolalik va dastlabki tahsil yillarini o'z vatanida o'tkazgan bo'lajak adib Nishopur va Mashhad madrasalarida tahsil olgan. O'ta bilimdon, notiq, vaz aytuvchi bo'lgani ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.32 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.32 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: doc