Amir Temurning pedagogik qarashlari Reja: Amir Temur buyuk sarkarda sifatida. Mustahkam markazlashgan davlatning asoschisi. Amir Temurning ilm-fanga qo'shgan hissasi. 9. Amir Temurning pedagogik qarashlari. Amir Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan boshlab mard, dovyurak, jasur bo'lib o'sadi. Harbiy san'atni mukammal egallaydi. Qur'oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o'rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo'ladi. SHuning uchun ham iymon-e'tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o'z e'tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo'lib yetishadi. Amir Temur o'z davlati qudratini yuqori ko'tarib dunyoga tanitadi. Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo'ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me'yorini belgilab beruvchi yo'riqnomadir. Taniqli olim Bo'riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta'riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, xulq-odob qoidalari tartib berilgan an'anaviy asarlar qatoriga qo'ysak bo'ladi. Zero, tarixan ta'limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so'ng axloq me'yorlari bayon etiladi. Shunga ko'ra bu asardan ta'limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to'g'rilik, do'stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko'rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug'laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti-rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o'zi nAQSHbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kor» tamoyiliga ko'ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ'ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo'lgan quyidagi o'n ikki qoidani o'ziga yo'riq qilib olganini ko'ramiz: Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o'n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko'rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko'rsatish, saltanat ishini yurg'izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko'rish; Davlat ishlarini yurg'izishda davlat qonun-qoidalariga qat'iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko'rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo'lib turish; barchaga hurmat-e'tiborda bo'lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do'st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo'lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g'amxo'rlik qilish. Ko'rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G'arbda ham mashhur bo'ldi. Bu o'n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o'zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: «Men o'z hayotim mobaynida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.78 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.78 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:45 ]
Arxiv ichida: pptx