Analitik tafakkurning rivojlantirish usulida ta'lim berish asoslari Reja: Interfaol texnologiyalar mohiyati. O'qish va yozish orqali tahliliy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi (O'YoTTR). O'YoTTR texnologiyasi usullari. Tayanch iboralar (tushunchalar): Interfaol texnologiya, o'qish va yozish orqali tahliliy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi, shaxsiy fikr, muloqot, faol ta'lim, shaxsiy tajriba, ijod, mantiqiy fikrlash, dalillash, refleksi, mustaqil fikrlash, mas'uliyat, tanlov, o'qish madaniyati. Pedagogik amaliyotda ko'p yillardan beri «ta'limning faol usullari» atamasi qo'llanilib kelmoqda. Bu atama ta'lim oluvchilarning obyektli faolligining yuqori darajasini belgilaydi. So'ngi yillarda esa ta'limga yana bir atama interfaol (interfaol) usullar tushunchasi kirib keldi. Ushbu atama pedagogik jarayonda ta'lim oluvchining ta'lim subyekti (o'qituvchi, trener, boshliq) bilan faol o'zaro ta'sirga asoslangan ta'limni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, interfaol o'qitish o'qitish bu subyekt va obyektlararo qaytuvchan aloqa yaxshi tashkillangan ta'limdir. Bu ikki tomonlama axborot almashinuvini nazarda tutadi. V.V.Guzeev axborot almashinuvini uch turga ajratadi: Ekstraaktiv rejim: axborot oqimi subyektdan obyektga yo'naltirilgan, lekin obyekt ichiga kirib bormasdan uni atrofida aylanadi. Talaba bunda passiv ishtirokchidir. Bu rejim ma'ruza, an'anaviy o'qitishga hos. bo'lib, ta'lim oluvchida faollikni shakllantirmaydi. Intraaktiv rejim: axborot oqimi talaba yoki talabalar guruhiga yo'naltirilgan va ularning ichida sodir bo'lib, ularning aqliy faoliyatini faollashtiradi. Ushbu rejim mustaqil faoliyatga asoslangan ta'lim texnologiyalariga hos. Interfaol rejim: bunda axborot oqimlari talaba ongiga singib kiradi va uni faol faoliyatga undab, qaytuvchan axborot oqimini vujudga keltiradi (talabadan o'qituvchiga). Shu tarzda axborot oqimi o'z yo'nalishini tartib bilan almashtirib turadi. Interfaol texnologiyalarning eng oddiy misollari sifatida suhbat va maslahat (konsultasiyani)ni keltirish mumkin. Interfaol texnologiyalar maqsadlari: Ta'lim oluvchilarda kechayotgan aqliy jarayonlarni faollashtirish; talabada ichki dialog kechishi; axborotning tushunarli bo'lishini ta'minlash; pedagogik hamkorlikni individuallashtiirsh; talabani ta'lim subyekti pozisiyasiga chiqarish; talablararo ikkitomonlama aloqalarning o'rnatilishiga erishish. Interfaol texnologiyada o'qituvchining asosiy vazifasi bu axborot almashinuvi jarayonini yo'naltirish va unga ko'maklashishdir. Buning uchun o'qituvchi: bir faktga nisbatan mavjud bo'lgan turli munosabat, fikrlarni aniqlaydi; ishtirokchilarning shaxsiy tajribasiga tayanadi; ularning faolligini ta'minlaydi; nazariya va amaliyotni o'zaro bog'laydi; ishtirokchilarning tajribasi bilan o'zaro almashinuvini ta'minlaydi; ishtirokchilarning bir-birini tushunishini ta'minlaydi; ishtirokchilarda ijodkorlikni rag'batlantiradi. Muhim qoidalar: Axborot passiv rejimda emas, faol o'zlashtirilishi kerak. Bu esa muammoli vaziyatlar, interfaol sikllardan foydalanishni nazarda tutadi; Interfaol muloqot aqliy rivojlanishni stimullaydi; Qaytuvchan aloqa o'rnatilganida axborot yo'llovchi va qabul qiluvchi o'zaro rollar bilan almashadilar; Qaytuvchan aloqa axborot almanishuvining samaradorligini oshiirshga yordam beradi; Bilimlar nazorati ularni amalda, real holatda qo'llash ko'nikmasini nazarda tutishi lozim. O'qish va yozish orqali tahliliy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. (O'YOTTR texnologiyasi). O'YoTTR texnologiyasi XX asrda AQSHda yaratilgan. Unda jamoali va guruhli o'qitish, hamkorlik va rivojlantiruvchi texnologiyalar g'oyalari mujassamlashtirilgan. O'YoTTR texnologiyasi o'qish va yozish jarayonida axborot ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc