Aniklashtirilgan maqsadli texnologiyalar, dasturlashtirilgan ta'lim R e j a : 1. O'quv maqsadlarini belgilash. 2. O'quv maqsadlarini nazorat ishlariga o'tkazish. 3. Test shakllari va turlari. 4. B. Blum taksonomiyasi. 5. Dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasi. 1. O'quv maqsadlarini belgilash an'anaviy o'quv jarayonida biz ko'proq o'qituvchining mahoratiga suyanib samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog malum tajriba orttirgan bo'lishi talab etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosi esa proyektlashtirishdir. Ana shu aniq proyektlashtirilgan dastur pedagogga samarali natijaga erishish imkonini tug'diradi. Bunday proyekt asosida ish olib borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo'lmasa-da, yuqori samaraga erisha oladi. Biz bilamizki, pedagogik texnologiya bu avvalom bor aniqlikka ega bo'lgan va qatiy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. O'quv jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o'quv maqsadlarini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? - degan savol albatta hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini umumiy holda belgilaymiz va shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda qiynalamiz. Bunday umumiy maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belgilashda ham aniqlik bo'lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini engillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni qo'llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqishdir degan xulosani beradi. Pedagogik texnologiyalarning ishlanishida asosiy etibor oxirgi natijaga qaratilgan bo'ladi va qo'yidagi izchillikda ishlab chiqiladi: 1. Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish va ularni guruhlarga ajratish. 2. O'quv maqsadlarini nazorat ishi va test vazifalariga o'tkazish. 3. Maqsadga erishish yo'lini va usullarni tanlash. 4. Natijani baholash va o'zlashtirish darajasini aniqlash. 5. Dasturli ta'lim. Demak, pedagogik texnologiyalar an'anaviy ta'limdan tubdan farq qilgan holda tuziladi. U o'zaro yopiq siklni va o'zaro izchil bog'liqlikni taqozo etadi. Aniqlashtirilgan maqsadlar pedagogga nazorat ishini belgilashda, baholashda va usullarni aniqlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga bo'ysunadi va yuqori natijani kafolatlaydi. an'anaviy ta'lim esa quyidagi izchillikda tashkil etiladi: Umumiy maqsadni aniqlash. Usullarni aniqlash Nazorat ishini belgilash. 4. Baholash. an'anaviy ta'lim tizimida va o'quv jarayonida umumlashtirilgan o'quv maqsadlari belgilanadi. Masalan: ekologik madaniyatni shakllantirish, suv havzalarini muhofaza qilish haqida tushuncha hosil qilish. Ko'rinib turibdiki bunday qo'yilgan maqsad mavhum xarakterga ega, chunki tushuncha turli darajada hosil qilinishi mumkin. Bunday maqsadni tekshirish va baholash ham muammoli. Bunday maqsadni belgilash ishda noaniqlikni vujudga keltiradi. Natijada o'zlashtirish samaradorligi ham pasayadi. Bunday tizim pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi (M. V. Klarin tizimi). AQSH va Angliyada o'qituvchi va talabalar uchun alohida aniqlashtirilgan maqsad rejalari tuzish qabul qilingan. O'qituvchilar uchun tushuntirish, ko'rgazmali qurollardan foydalanish, o'rgatish kabilar nazarda tutilsa, talabalar uchun esa, talaba dars oxiriga borib nimani ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.56 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.56 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc