Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini topshiriqlarga aylantirish Avvalo, oldindan berilishi mumkin bo'lgan Nima sababdan aniqlashtirilgan o'qitish maqsadlariga erishish uchun o'quv jara-yoni emas, balki nazorat topshiriqlari qarab chiqilyapti? degan savolga javob berib o'tish o'rinlidir. Bunday savol berilishi, tabiiy apbatta. Chunki amaliyotda o'qitishga an'anaviy yondashish, odatda o'qituvchi mashg'ulot o'tkazish uchun uslubiy ishlanma (reja, konspekt) tayyorlaydi va so'ngra nazorat topshiriqlarini bajarishga kirishadi. O'quv jarayonini texnologiya asosida tashkil etishda nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish, o'qitish maqsadlarini aniqlash bilan uzviy bog'liq holda amalga oshiriladi. Bu o'z navbatida yuqorida ko'rsatilganidek, ta'lim texnologiyasini joriy etish-ning prinsipi, qoidalari, mexanizmlariga moe tushadi, erishish mumkin bo'lgan pirovard natija oldindan belgilab qo'yiladi. Shuning uchun o'quv maqsadlari aniqlashtirilgach, unga moe ravish-da nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Didaktlarning fikri va amaliyotning ko'rsatishicha, o'quv maqsadlarining, erishiladigan natijasini aniq va osonroq ifo-dalaydigan shakllardan biri - test topshiriqlaridir. Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari:1 Test (inglizcha - sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o'quvchilarning bilim darajasi-ni tekshirish uchun qo'llangan. Test sinovlarining nazariy asos-larini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chikdi. Test sinoatari dastlab psixologiya, pedagogika fanlari doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqish-da psixologik va pedagogik yo'nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Psixologik test sinovlari birinchi marta ame- rikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik metodlar ham qo'llana boshladi. Bunday metodlar o'z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga o'quvchilar-ning o'quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlarida ikki asosiy yo'nalish: aqdiy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo'llash hamda o'quvchilarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo'ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo'llash rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar odamlarda reaksiya (ta'sirlanish) vaqti. bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning akdiy (intellektual) qobiliyatlarini o'rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to'g'risida xulosa chiqarishga olib keldi. Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o'tilgan darslarni o'zlashtirish darajasi to'g'risida, ham navbatda o'rganilishi lozim bo'lgan dare hajmi to'g'risida o'qituvchiga axborot berish; o'qituvchilarga o'qitish metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. O'quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahchil etib, testlarni guruhlarga ajratish o'rganib ko'rilgan. Ch. Grin (1926) o'zining Test novogo tipa (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko'rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahchil qilib quyidagi tavsiyalarni beradi: test sinovlari uchun mo'ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shak-lini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.14 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.14 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: docx