Anketa, test va suhbat metodlari Reja: 1.Anketa metodi. 2.Anketa metodining yutuq va kamchiliklari. 3.Test metodi. 4.Standartlashtirilgan va rasmiylashtirilgan suhbatlar. 5.Suhbat rejasi va turlari. Anketa fransuzchadan tarjima qilinganda tekshirish (raseledovaniya) demakdir. Anketa metodi ommaviy faktlar, umumiy sabablar, tendensiya va voqealarning belgilari kabilarni bilishga mo'ljallanadi. Anketa tekshirilayotgan guruh javob berishi lozim bo'lgan, ma'lum mavzuga oid savollar ro'yxatidan iborat bo'ladi. Uning maqsadi boshlang'ich, chamalash uchun zarur bo'lgan materiallarni yig'ishdir. Anketa pedagogik tadqiqotga sosiologiya va psihologiya orqali kelganligi uchun ham shu fanlar tadqiqot metodlari xususiyatlarini saklaydi.Savollar faqat bir o'quvchiga berilmasdan, balki ko'pincha, o'quvchilar ommasigaberiladi., javoblar yozma shaklda olinadi. Anketa jamoatchilik fikrini bilishga xizmat qiladi.Lekin anketa metodining ommaviy kullanishininig ba'zi bir xaflitomonlari ham bor. Anketa savollari berilgan javoblarbolaning haqiqiy tarbiyalanganlik darajasini hamma vaqt ham ko'rsatavermaydi. Chunki ba'zan tadqiqot obyekti yoki undan nima so'ralayotganini tushunmaydi yoki undan nima talab qilinayotganini anglaydi va shunga mos javob qaytarishga urinadi. Savol to'g'ri berilmasa ham bolalar javobga xakikatni bo'zib ko'rsatadilar. Savollar to'g'ri qo'yilgan bo'lsa, obyektiv ma'lumotlar olinadi.Shuningdek, anketadagi savollarning ko'pchiligi ularning tuzilishidagi kamchiliklar, savolga to'g'ri javob berishdagi psihologik tayyorgarlikning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Amaliyot anketalarning turli xillari mavjud. Anketa intervallarida anketa savollarini tadqiqotchining o'zi tuldiradi. O'quvchilarning fikrlarini aniqlashtirish, savollarni to'g'ri tushunishlarga yordam berish, javobning motivini tushuntirish uchun ham tadqiqotchi shunday qiladi. Lekin tadqiqotchi savolga javoblarning bir necha variantini ko'rsatish bilan birga o'quvchilarning o'z fikrini aytishi uchun ham alohida joy qoldiradi. Anketalar pochta orqali ham jo'natilishi mumkin. Bolalar o'rtasidagi anketa savollarini tashkil qilish ham mumkin. Anketa qo'llash juda kulay va shubxasiz, juda katta kimmatga ega: 1) o'quvchilar savollariga javob berish o'z qarashlarini asoslashga majbur bo'ladilar va bu esa bolaning fikrlarini asoslashga o'rgatadi, undan nima xakda so'ralayotgan bo'lsa, unga munosabati xarakterini belgilaydi. 2) anketa juda ko'p kishilar guruhi jalb etiladi, bu esa bolalarning umumiy qarashlari, tushunchalaridagi umumiy yutuq va kamchiliklarini aniqlashga imkon beradi: 3) anketa yordamida bu yoki bu masalada bolalarning jamoatchilik fikrlarini aniqlash mumkin. 4) anketa materiallari asosida ma'lum sharoitda bolaning atrof olam bilan bir tomonlama aloqasi o'rnatiladi, uning ma'naviy rivojlvnish darajasi belgilanadi va x. Ma'lumotlar ishonchli bo'lishi uchun anketa so'roqlariga bir xil bolalardan kamida 400 tasi qatnashishi lozim. Anketa so'roqlari natijasiga olingan materiallar qayta ishlanadi bir guruh boshqa guruhlar bilan solishtiriladi va chiqarilgan xulosalar bolalar tarbiyasi uchun foydalaniladi. Anketani tuzishda quyidagi umumiy rioya qilish zarur. 1) Avval o'rganilayotgan prosess, voqea va hodisaning strukturasini aniq predmetini, tadqiqot obyektini aniqlash va ular asosida ma'lum bir holda kuzatish, boshqasida maxsus tashkil qilingan vaziyat, uchinchisidan anketa ma'lumotlari va boshqalar orqali ulchsh lozim bo'lgan kriteriyalarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.89 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.89 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc