Aqidaparastlik - jamiyat ravnaqiga tahdid Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining tez suratlardagi taraqqiyoti g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ming afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo'li bilan o'z maqsadlariga erishishni ko'zlaydigan kuchlar sun'iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlarni davom ettirmoqda. Mafkuraviy xavfsizlik - shaxs, millat, jamiyat, dav-latni turli mafkuraviy markazlarning buzg'unchilik ta'siri va ideologik tajovuzlaridan himoyalashni anglatadi. Bugungi kunda turli xil mafkura markazlari o'z g'araz niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqaro-laridan «qurol» sifatida foydalanishga intilishlari mafku-raviy xavfsizlik uchun real tahdidlar mavjudligini ko'rsatadi. Qo'shni davlatlardagi terrorizm va diniy ekstremizm ham mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga salbiy ta'sir qiladi. Tolibon harakati va Al-Qoida guruhi jangarilari tomonidan Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatida 2009-2011 yillarda 640 ta maktab portlatib, yoqib yuborilgan. 2012 yili ushbu hududda 52 ta maktab vayron qilingan. Afg'oniston va Pokistondagi jangarilarning eng mudhish jinoyatlaridan biri - o'smir yoshdagi o'g'il va qiz bolalardan xudkushlik operatsiyalarda tirik bomba sifatida foydalanishdir. Pirovard natijada ushbu mamlakatlarda yuz minglab bolalar ko'chaga chiqishga qo'rqib, savodsiz bo'lib qolmoqda. Dog'istonda terrorchilarning nishoni - Vladikavkaz shahridagi avtobus marshrutidagi kichik avtobus Afg'oniston, Rossiya, Suriya, Pokiston - terrorizmning mudhish qiyofasi bir xil Afg'oniston Rossiya Pokiston Suriya 2012 yili Tojikistonda diniy ekstremistik faoliyat bilan shug'ullangan 144 nafar shaxs qo'lga olingan. 123 nafar shaxsga nisbatan 30 ta jinoiy ish qo'zg'atilgan. Jinoyatchilarning 76 tasi Turkiston islom harakati va 36 tasi Hizbut tahrir DEOga mansub bo'lgan. Qirg'iziston huquqni muhofaza qilish idoralarining ma'lumotiga ko'ra, mazkur Respublikada so'nggi besh yil ichida DEO a'zolarining soni o'n martaga ko'payib, deyarli 50 mingga etgan; Hizbut tahrir DEO mazkur mamlakatning O'sh shahrida mintaqaviy markazini barpo qilgan. Birgina 2012 yili ushbu oqimga taalluqli 20 mingdan ziyod kitob va disklarni musodara qilingan. Qozog'istonda yil sayin Tablig'chilar va Salafiylar jamoalarining targ'ibot-tashviqot ishlari kengayib bormoqda; 2012 yili Respublikada 205 nafar tablig'chining noqonuniy faoliyatiga chek qo'yilgan; Respublikada terrorizm bilan bog'liq jinoyatlar uchun qo'lga olinganlar soni 2010 yili 8 ta bo'lgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkich 2011 yili 44 tani, 2012 yilda esa 90 ga yaqinni tashkil etgan. So'nggi yillarda: Qozog'istonda Jundul xalifat, Qirg'izistonda Jayshul Mahdiy jihodiy guruhlari vujudga keldi; Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'izistonda terrorchilar tomonidan qator qo'poruvchiliklar sodir etildi; Aqidaparastlar ichida radikallashuv kuchayib bormoqda. Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o'z vaqtida qatiyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o'z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas'uliyatini o'ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.4 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.4 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: ppt