Aql tarbiyasi

Aql tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Aql tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Inson aql zakovati ila buyukdir. 2. Aql -ilm va ma'rifat mezoni. 3. Komil inson uchun aql eshik ochuvchi va axloq yo'l ko'rsatguvchidir. O'zbekiston mustaqilligi tufayli mamlakatimiz hayotida katta o'zgarishlar ro'y bermokda. mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanib, buyuk allomalarimiz-Axmad Yassaviy, Nakshbandiy, al-Buxoriy, Amir Temur, Ulugbek kabi aql-zakovatli, buyuk siymolarning hayoti va faoliyatiga bo'lgan kizikish ortib bormokda. mustaqillik tufayli o'zbek xalqining aql-idroki, milliy urf-odatlari, ayniqsa ma'naviyatimizning asosi bo'lgan insoniy fazilatlar qayta tiklanmokda. Yangi adolatli jamiyat ko'rish uchun ta'lim-tarbiya sohasi haqidagi bilimlar chuqurlashtirilmokda. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov Fidokor gazetasi muxbirining savollariga Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga isxonaman mavzusidagi javoblarida: Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e'tibor karatadi. Bu jarayon milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasiga, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi,- degan edilar (iyun, 200). Insonni uluglash, uning kadriga yetish, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlodni aql-idrokli, odobli qilib tarbiyalash, ularni kamolotga yetkazish sohasida Respublikamizda bir kancha ishlarni amalga oshirmokda. Dunyo, inson, aql-zakovat, ma'naviyat- bular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Dunyo bunyod bo'libdiki, inson dunyo yuzini ko'ribdiki, o'zini inson sifatida anglabdiki, u o'zini borliqning eng mukammal mavjudoti sifatida aql-zakovati bilan tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma'naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir. Inson dunyoga ma'lum bir maqsad bilan kelmaydi. U o'zligini idrok etgandan so'ng hayotda yashashdan ma'no izlaydi va bu narsa uning hayoti mazmunini tashkil etadi. Insonlar bor, dunyoga keladilaru ketadilar, ulardan nom-nishon kolmaydi, hayotning ma'nosiga, kadriga yetmaydilar. Insonlar bor - mana shu kelishi bilan ketishi o'rtasidagi umr deb atalmish vaqtga chakmokday chaknab, o'zlarining yorkin izini koldiradilar. Bu iz o'chmasdir. Mana shunday aql-zakovati bilan o'zidan keyin yaxshi ot koldiruvchilar ma'naviy yuksak insonlardir. Ma'naviy komil insongina shunday yuksaqlikka, avlod-ajdodlar kalbida zamonlar osha, asrlar osha yashashday sharafga sazovordir. Demak, inson o'z hayoti va faoliyatini mazmunli o'tkazish uchun avvalo o'zini o'rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo'lishi lozim. Chunki inson aqli va uning hayotida muhim o'rin tutishi, aql-idrok tufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo'ylik, to'grilik, uzoqni ko'ra bilish, nafsning ko'yiga tushmaslik kabi xususiyatlarni amalga oshirishi mumkin. xalqimizning aql insonning ko'rki,aql suvdan tinik, oynaday ravshan kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham aql inson uchun g'oyat oliy ne'matdir. aql bilan ilm-ma'rifat egallanadi, kasb hosil kilinadi, dunyo sirlari o'rganiladi. aql- yurak ichidagi nur, bu nur bilan haq yoki nohaq bilib olinadi, aql o'z soxibini dunyo malomatlaridan kutkaradi, aql- jonning hayoti,jon esa jasadning hayoti, tan esa jasadning hayoti!, Kishining nafsi aqldan ustun bo'lsa, unday odamning hayvondan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.69 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.69 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga