Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining mavzu bahsi, maqsadi, uslublari va vazifalari

Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining mavzu bahsi, maqsadi, uslublari va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining mavzu bahsi, maqsadi, uslublari va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining mavzu bahsi, maqsadi, uslublari va vazifalari R e j a: aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining predmeti Fanning maqsad va vazifalari. Fanning yuzaga kelish tarixi haqida. boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Psixologiya, degan edi L.S.Vigotskiy, - birinchidan, konkret, amaliy bo'lib - ta'lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bulmogi lozim. Fakat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin. Psixologiya fanining mavzu bahsi umuman ruhiyatning, xususan inson ruhiyatining namoyon bo'lishi, rivojlanishini o'rganuvchi sohadir. Psixologiya ongli subyekt - insonning ichki dunyosini o'rganadi. Psixologiya atamasi psixe - kalb, logos - o'qish, so'z manosini bildiradi. Ammo bu qisqa jumla inson ruhiyati haqida etarli ma'lumot bermaydi. Psixologiya fanining mavzu bahsini ruhiyatni tularok tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning kechish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar, hissiyotlar) namoyon bo'lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida erishilgan yutuklarni eslab utishimiz darkor. Biz so'z yuritmokchi bo'lgan soha - aqli zaif bolalar psixologiyasi, maxsus psixologiyaning bir tarmogi bo'lib, aqliy jihatdan turli darajada me'yordan chetlashgan bola va o'quvchilarning ruhiy qonuniyatlarini o'rganadi. Maxsus psixologiya-nuqsonli bolalarning ruhiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo'lib, quyidagi kismlardan iborat: aqli zaif bolalar psixologiyasi (oligofrenopsixologiya). Kulogi kar va zaif eshituvchi bolalar psixologiyasi. Kuzi kur va zaif kuruvchi bolalar psixologiyasi. Turli darajada nutqlari buzilgan bolalar psixologiyasi. Murakkab nuqsonli bolalar psixologiyasi. ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi. Tayanch harakat tizimi buzilgan bolalar psixologiyasi. nuqsonli bolalar ichida aqli zaif bolalar ruhiyati nisbatan mukammal urganilgan tarmoqdir. Ammo, bu tarmoq xam normal bolalar ruhiyatiga nisbatan birmuncha keng, atroflicha urganilmagan. Malumki, xar bir fan uzining yuzaga kelish, rivojlanish, taraqqiy qilish tarixiga, qonuniyatlariga ega. Shu singari aqli zaif bolalar psixologiyasi fani xam malum rivojlanish tarixiga ega. aqli zaif bolalarni o'rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o'qitish, tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy bog'liq. XUII asr oxirlari, X1X asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o'qitishga oid malum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi. Shuni eslatib utish joizki, aqli zaiflar ta'lim-tarbiyasi masalalari dastlab, asosan aqliy nuqsoni ogir darajadagi bolalar ustida boshlangan. Nisbatan yengil darajadagi aqli zaif bolalarni o'rganish, davolash, tarbiyalash birmuncha keyinrok, X1X asrning ikkinchi yarmidan keyin yuzaga keldi. 1858 yilda chet el rus pedagogik adabiyotlarida N.A.Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolaning o'ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Uning ko'rsatishicha, faollikning pastligi, sekin idrok qilish, kuruk yodlashning ustunligi, bir xildagi harakatlar, yangi sharoitlarga yomon moslashish, bilimlarini to'g'ri ishlata olmaslik - aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan. X1X asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiyada aqli zaif bolalarni o'rganuvchi, davolovchi, tarbiyalovchi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.14 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.14 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga