aqli zaif bolalar xarakterining xususiyatlari R e j a: Xarakter haqida umumiy tushuncha aqli zaif bolalar xarakter xususiyatlari Odat, ko'nikma, malakalar Xarakterni korreksiyalash imkoniyatlari Buyuk komusiy alloma Ibn Sinoning Xulk aql bilan boshqarilmogi lozim iborasi bizning ushbu mavzuga oid. Xarakter ruhiy faoliyatning o'ziga xos tuzilishidirki, bunda shaxsning ijtimoiy xulki, odamlar bilan muomalalarida kuzga tashlanadi. Kundalik hayotda odamlarni egoist yoki jamoachi, gamxur yoki shafkatsiz, muomalali yoki kupol, ta'sirlanuvchan yoki ta'sirlanmaydigan, kurkmas yoki vaximachi, kamtar yoki maktanchok, kizikkon yoki sovuk kabi toifalarga ajratamiz. Mana shularning uzidan kurinib turibdiki, xarakter bir butun holatdir. Xarakterda asosiy, xal qiluvchi rolni kishining hissiy-iroda sifatlari uynaydi. Xarakter sekin-asta bilib borish jarayonida amaliy faoliyatda shakllanib, takomillashib boradi. Faoliyatning turli-tumanligi kishi xarakterining kengligini, kuchini belgilaydi. Malum konkret odamning xarakteri uning yashash tarzi bilan belgilanadi. Shuni alohida kayd qilib utish o'rinliki, kishining xarakteri bolalikda, yoshlikda, o'smirlikda, balogat yoshida va kariganda bir xil tus kasb etmaydi. Xarakterning shakllanishida tugma va orttirilgan xislatlar ajratilishi mumkin. Bu urinda albatta xar bir kishining markaziy asab tizimining tiplari xam o'z ta'sirini o'tkazishini aytib utish o'rinli. Xatto, yurak-kon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, endokrin tizimi xam u yoki bu darajada kishi xarakterining shakllanishiga ta'sir kilar ekan. Xarakterning ifodali belgilari xam bor. Bunga xatti-harakatlar, nutq, kishi mimikasi, pantomimikasi xam kirar ekan. Birovlar ko'p gap, birovlar kam gap, birovlar jarangli nutqka, yana birovlar jarangsiz nutqka egalar. Eng asosiy ko'rsatkich, xarakterning shaxs tashqi qiyofasiga, ko'rinishiga muxr kabi bosilishidir. Ayrim kishilarning yuzlaridagi ajinlar malum yosh belgisi bulmasdan, balki shu kishi xarakter xislatlarining o'ziga xos belgisi bulsa ajab emas. Etibor bering! Birovlarning kuz bilan, yuz bilan kulganini kurganmisiz? Kuz kalb oynasi deyishadi. Xakikatdan kuz xam xar bir kishining xarakter xususiyatlarini ochib berar ekan. Shu narsa kizikki, xar bir kishining xarakter xislatlari uning yurish-turishlarida, tana holatini tutib turishida xam kuzga tashlanadi. Masalan, Burni kutarilgan odamlarda gavda orkaga tashlangan bo'ladi, kamtar odamlarda esa gavda oldinga tashlangan, bosh oldinga egilgan, kuzga tashlanmaslikka harakat kiladilar. Laganbardor, xushomadguy odamlarning butun tanasi oldinga tashlangan. Bunday odamlarning yuz holatlarini ifodalab utirishning xojati yuk. Shaxsning yurish xususiyatlari, kul harakatlari xam malum darajada uning xarakterini belgilar ekan. Ammo, xar doim xam yuqoridagi belgilar samimiy bulmasligi mumkin. Kishi xarakteri uning hayot tarziga xam ta'sir etadi. hayotda qattiq xarakterlilar va yumshoq xarakterlilar uchraydi. Xarakter tuzilishida mazmun va shaklni farqlashimiz kerak. Shakllanib bo'lgan xarakterda ishonch katta rol uynaydi. Kishi xarakterida uning kizikishlari va ehtiyojlari xam malum rol uynaydi. Bir kishi yashash uchun esa, ikkinchi bir kishi eyish uchun yashashi mumkin. Albatta, buning mohiyati ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.49 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.49 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc