Aqli zaiflikning klinik tavsifi, aqli zaiflik tushunchasi Reja: 1. Aqli zaiflikning klinik tasnifi. 2. Aqli zaiflik tushunchasi va uning klinik ko'rinishlari. 3. Oligofreniyada aqliy rivojlanmaganlik darajalari. 4. Demensiya va uning ko'rinishlari. Tayanch so'zlar: (Klinik, oligofren, debil, idiot, imbitsil, demensiya, ontognez, patogenez, translokatsiya, xromosoma, membrana, genetik, shizofreniya.) Aqli zaiflik deganda bosh miyaning erma jarohatlanishi yoki organik rivojlanmaganlik bilan bog'liq bo'lgan ruhiy va birinchi navbatda aqliy buzilishni tushunish kerak. Aqli zaif bolalar ommaviy maktablarda o'qish qobiliyatiga ega emaslar. Og'ir darajadagi aqli zaif bolalar umuman maktab bilimlarini va malakalarini egallay olish qobiliyatiga ega emaslar.Aqli zaiflikning klinik-psixologik ko'rinishida asosiy buzilishi bo'lib bilish faoliyatining yaqqol yetishmasligi hisoblanadi. U ongning pastligi, umumlashtirish jarayonining yo'qligi, psixik jarayonning turg'un bo'lmaganligi, xotiraning etarli bo'lmasligi, diqqat va boshqa qator funksiyalardagi kamchiliklar borligi bilan xarakterlidir. Aqli zaiflik uchun nutqning rivojlanmaganligi xarakterlidir. Aqli zaiflik turli etiologiyaga ega u markaziy nerv sistemasining genetik jarohatlanish, ichki patogen ta'sirlar, tug'ruq paytidagi travma, asfeksiya, infeksiyaning bola miyasiga ta'siri, intoksikatsiya, jarohat va boshqalar bilan belgilanadi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda aqli zaiflikka og'ir pedagogik qarovsizlikni krgizish mumkin emas. Chunki uning ko'rinishlari yuqorida ko'rsatilgan mezonlarga o'xshab aqli zaiflikka olib kelmaydi (aqliy nuqsonning borligi, bilish qobiliyatining pasayishi, aqliy funksiyalarning organik yetishmasligi hamda rivojlanishshning biologik etiologiyasi). Shuningdek aqli zaiflikka somatogen, psixogen, tserebral, konstitutsional va psixik rivojlanishning orqada qolishini kiritib bo'lmaydi. Chunki bu shakllarning ijobiy dinamikasi xuddi yuqoridagi kabi aqli zaiflikning mezonlariga javob bermaydi. Aqli zaiflikning asosiy shakllarining keng tavsifnomasi jarohatlanishning patogenezi va zararning vaqtinchalik ta'siri bilan uzviy bog'liq. Ontogenezning yerga bosqichida (1,5-2 yoshgacha) markaziy nerv sistemasining zararlanishida birinchi navbatda qobiq sistemasining shakllanishi zararlanadi. Zararlanishning morfologik ko'rinishida va ruhiy nuqsonning klinik ko'rinishida rivojlanmaganlik ustunlik qiladi. Bu hollarda gap oligofreniyaning turli variantlari haqida boradi. Kata yoshdagi zararning ta'sirida, bosh miya qobiq tizimining etilish vaqtida nerv sistemasining morfologik va klinik ko'rinishidagi jarohatning ko'rinishi ustunlik qiladi. Bu hollarda demensiyaning turli shakllari haqida gap boradi. Aqli zaiflikning klinik shakllari. Oligofreniya «Oligofreniya» atamasi (aqli kamlik) qator kasalliklar yig'ndisi bo'lib, quyidagi asosiy ko'rsatmalar bilan xarakterlanadi. 1. Umumiy ruhiy rivojlanmaganlikning qaytmas ko'rinishi. 2. Intellektual nuqsonning strukturasini egallashdan abstrakt tushunchaning egallashning zaifligi. 3. Progridientning yo'qligi. Oligofreniya etiologiyasi Oligofreniya sabablari turli xil. Oligofreniya etiologik belgilari bo'yicha 2 ta asosiy guruhga ajratiladi. 1. Nasliy patologiya bilan bog'liq yoki oilada mavjud bo'lgan yoki shu intellektda kelib chiqkan endogen faktorlar bilan belgilanadi. 2. Ekzogen faktorlar (infeksiyalar, intoksikatsiyalar), miya kutisi travmalari, ichki va pastnomal ontogenezning erta bosqichlarida ta'sir qiluvchi infeksiyalar. Tekshirish usullarining turli xillari shuni ko'rsatdiki, nerv sistemasining genetik jarohatlanishiga ko'proq ahamiyat berish kerak, chunki ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.02 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.02 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc