Aqliy hujum - rasmi

Material tavsifi

Aqliy hujum Aqliy hujum - muammolarini hal qilishda keng qo'llaniladigan samarali metoddir. Aqliy hujum muammolarni hal qilishda keng qo'llaniladigan va kichik guruhlarda olib boriladigan ishning alohida shaklidir. Aqliy xujum o'quvchilarni o'z tasavvurlari, mustaqil fikr yuritishlari, izlanishlari va ijodlaridan samarali foydalanishga undaydi. Aqliy hujumdan mustahkamlash, yangi bilim berish, aralash dars turlarida foydalanilsa, muammo, vaziyat, topshiriq va vazifalarning yechimini topishga yordam beradi. Aqliy hujumdan darsda foydalanishda o'qituvchi o'quvchilarning bergan g'oyalari va fikrlari uchun baho qo'ymasligi faqat ularning faol ishtiroklarini hisobga olib borishi lozim. Hamma o'quvchilarni g'oyalar va fikrlar berishga undashi zarur. O'quvchilarning bergan g'oyalari va fikrlari o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. Aqliy hujumdan qachon foydalanish mumkin? Muammolarni va masalalarni yechishda. Qiyin vaziyatda muammoni yechishda. O'zgarishsiz qolgan holatda Guruhni jipslashtirishda Alternativ variantlarni qidirishda. Argumentlarni qidirishda. Loyiha ishlab chiqishda. Yangi mahsulot ishlab chiqishda. G'oyalarni tanlashda. Aqliy hujumni o'tkazish qoidalari O'ylash jarayonida hech qanday baholashlar yo'l qo'yilmaydi. Agar o'ylash jarayonida g'oyalarni baholaydigan bo'lsangiz, qatnashchilar etiborini o'z fikr va g'oyalarini himoya qilishga qaratib, ularning yangilari va yaxshilari ustida boshqotirma qo'yadilar. Hammani o'ta xilma-xil, kutilmagan g'oyalar doirasini o'ylashga undash kerak. G'oyalar miqdori rag'batlantiriladi. Miqdor doimo sifatga aylantiriladi. Tezkor, izchillikda, katt miqdorda g'oyalar paydo bo'lganda, odatda baholash istisno qilinadi. Qatnashchilar tasavvurini quloch yoydirishda erkindirlar, buning natijasida yaxshi g'oyalar yuzaga keladi. Har bir kishi o'zgalar g'oyasiga asosilanishi va ularni o'zgartirishi mumkin. Oldin taklif etilgan g'oyalarni biriktirish yoki o'zgartirish yaxshiroq g'oyalarni keltirib chiqaradi. Samarali hujum uchun qadamlar Qatnashchilarni bemalol o'tiradigan qilib joylashtiring. G'oyalarni yozish uchun doska yoki qog'oz varaqlarini tayyorlab qo'ying. Muammoni aniqlang. Ish qoidalarini belgilang: A) g'oyalar heya qanaqasiga baholanmaydi B) fikrlarga to'liq erkinlik beriladi. V) g'oyalar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. G) Ovlang, ilib oling va boshqalar g'oyalariga asoslaning. G'oyalar haqida so'rang va aytilishi bilan yozib oling. Qog'oz varaqlari to'lganida, ularni devorlarga osib qo'ying. O'zingizdan yangi g'oyalarni qo'shib rag'batlantiring. O'zgalar g'oyalari ustidan kulish, kinoyali sharhlar va mayna qilishga yo'l qo'ymang. G'oyalar taklif etilayotgan ekan, ishni davom ettiravering. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.91 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.91 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga