AQSH va Yevropamamlakatlarining geosiyosiy o'rni Reja: 1. XX asrda AQSHning geosiyosiy o'rni va pozitsion xususiyatlari. 2. Iqtisodiy, moliyaviy, harbiy siyosiy pozisiyalar. 3. AQSHning Osiyodagi geosiyosati. 4. Yevropaning jahon hamjamiyatidagi o'rni va ahamiyati 5. Yevropamamlakatlarining geosiyosati. Yevropava AQSH Geosiyosat siyosatdagi hukmron doiralar uchun yaratilgan fan bo'lib, bu fan bilan faqat mamlakatlar va millatlarni boshqarishda faol ishtirok etadigan yoki shunday maqsad yo'lida harakat qilayotgan kishilargina shug'ullanib kelganligiga tarix shohiddir. Geosiyosat ilmiy nuqtai-nazardan qandaydir dogmatik qoidalarga asoslanmasdan, o'zi uchun muhim va ikkinchi darajali bo'lgan fanlar yoki fan yo'nalishlarinigina belgilab oladi. Boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar geosiyosiy uslubning asosiy tamoyillariga zid kelmagan taqdirdagina tadqiqot doirasiga jalb etiladi. Hozirgi paytda u Yer yuzida etakchilik qilayotgan eng qudratli davlatlarning harakat dasturi sifatida ittifoqlar tuzish, urush boshlash, islohotlar o'tkazish, jamiyatni tarkibiy jihatdan qayta qurish, keng qamrovli iqtisodiy hamda siyosiy dasturlarni joriy qilish kabi muhim qarorlarni qabul qilish borasidagi zaruriy xulosalarni o'z ichiga olgan o'ziga xos amaliy qo'llanmaga aylanib qolgan. Geosiyosatning asosiy qoidasi Yer yuzasining jug'rofiy tuzilishi hamda sivilizatsiyalarning tarixiy turlarga bo'linishida ifodalangan fundamental dualizmning qat'iyligini ifoda etishdan iboratdir. Mazkur dualizm «tellurokratiya» («quruqlik kuchi») va «talassokratiya» («dengiz kuchi»)ning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishida namoyon bo'ladi. Bunday qarama-qarshilikning mohiyati antik davr tarixidagi mashhur savdo sivilizatsiyasi - Karfagen (Afina) hamda harbiy-avtoritar sivilizatsiya - Spartaning (Rim) o'zaro munosabatlari misolida yaqqol ko'zga tashlanadi. Boshqacha aytganda, bu liberal g'oyaga asoslangan demokratiya va ideokratiya o'rtasidagi qarama-qarshilikdir. Mazkur ziddiyat dastlabki paytlardan boshlab uni tashkil qilgan qutblarning qarama-qarshiligi xususiyatiga ega bo'lib davr taqozasiga ko'ra o'zgarib turadi . Shunday qilib, butun ijtimoiy tarix ikki unsur, ya'ni «suv» («suyuq», «oquvchi») va «quruqlik» («qattiq», «doimiy») unsurlari atrofida ro'y bergan jarayonlardan iborat. Tellurokratiya, makonning muqimligi va undagi asosiy xususiyatlarning barqarorligi bilan xarakterlanadi. Sivilizasion darajada tellurokratiya insonlarning yirik uyushmalari, xalqlar, davlatlar, imperiyalar bo'ysunadigan o'troqlik, konservatizm, qat'iy huquqiy me'yorlarda namoyon bo'ladi. Quruqlikning qattiqligi xalqlarning madaniy hayotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi, jumladan, ijtimoiy an'analarning barqarorligi va axloqiy qoidalarning mustahkamligi ana shu omil ta'sirida shakllanadi. Quruqlikdagi, ya'ni Yevrosiyoning ichkarisidagi xalqlarga induvidualizm ruhi yot bo'lib, ularga azaldan ijtimoiylik ruhiyati va ierarxiyaviy tizim xos bo'lgan. Talassokratiya esa bunga teskari bo'lgan qoidalarga asoslangan sivilizatsiya bo'lib, u dinamik, harakatchan va texnik rivojlanishlar tarafdoridir. Uning ustuvor yo'nalishlari ko'chmanchilik (asosan dengizda suzish nazarda tutilmoqda), savdo, individual ishbilarmonlik ruhidan iborat. Shaxs jamoaning harakatchan vakili bo'lgani tufayli oliy qadriyat hisoblanadi. Bunda ma'naviy va huquqiy me'yorlar bir-biri bilan aralashib, nisbiy va harakatchan bo'lib qoladi. Sivilizatsiyaning bu turi tez rivojlanadi, tashqi madaniy xususiyatlarni oson o'zlashtiradi, lekin shunga qaramasdan o'zligini saqlab qoladi. Insoniyat tarixining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.16 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.16 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc