AQSHda ta'lim tizimi

AQSHda ta'lim tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
AQSHda ta'lim tizimi - rasmi

Material tavsifi

AQSHda ta'lim tizimi. Mavzu: XXI asr arafasida AQSH yangi qabul qilingan «200-yilda Amerika ta'lim strategiyasi» dasturi e'lon qilindi.Turli yo'nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 200 - yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma'lumotli bo'lishi, o'quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo'yicha jahonga o'z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o'zlashtirishda jahonda eng oldingi o'rinlariga chiqishlari; har bir voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo'lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo'ravonlikka barham berish, o'qish uchun barcha shart - sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan. Bu AQSH ta'lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.Oliy o'quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo'yicha AQSH jahon mamlakatlari orasida etakchi o'rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag'ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, kontsern, sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o'quv yurtlarining manbalari tashkil qilindi. Amerika Qo'shma shtatlarida ta'lim tizimining tuzilishi quyidagicha: Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 1- 8 - sinflargacha bo'lgan boshlang'ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o'qiydilar); 9 - 12 - sinflardan iborat o'rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo'shma SHtatlarida navbatdagi ta'lim bosqichi oliy ta'lim bo'lib, u 2 yoki 4 yil o'qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o'quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. Maktabgacha ta'lim muassasalari. Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug'ullanadilar, lekin ularga xech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog'chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog'chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo'luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o'zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta'lim boshlanadi. Oliy ta'lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: AQSHda o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha shart- sharoitlar yaratilib berilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga