Asosan, Ijtimoiy fan sohalari uchun nomutaxassis oliy o'quv yurtlari talabalari uchun namuna

Asosan, Ijtimoiy fan sohalari uchun nomutaxassis oliy o'quv yurtlari talabalari uchun namuna

O'quvchilarga / Pedagogika
Asosan, Ijtimoiy fan sohalari uchun nomutaxassis oliy o'quv yurtlari talabalari uchun namuna - rasmi

Material tavsifi

Asosan,ijtimoiy fan sohalari uchun nomutaxassis oliy o'quv yurtlari talabalari uchun namuna sifatida tavsiya etaman Reja: O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlashdagi o'rni. Globallashuv jarayonida O'zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashqi siyosatining asosiy masalalari. 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo'lib tuzilgan tinchlikparvar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O'zbekiston 120 ta davlat bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va madaniy aloqalar o'rnatdi. O'zbekiston o'z tashqi siyosatiga tinchlik, barqarorlik va hamkorlik yo'lini asos qilib olgan. Prezident I.Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» va boshqa asarlarida, shuningdek, O'zbekiston Konstitutsiyasida tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berilgan. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari qo'yidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qatiy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huqukning umum etirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarning ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy xususiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantirilganligi va amalga oshirilayotganligidadir. O'zbekiston tashqi siyosatiga tasdiqlash diplomatiyasi deb baholangan. Bu siyosatning mohiyati shundan iboratki vujudga kelgan muammolarni tizimli va bosqichma - bosqich hal etishdir. Tashqi siyosiy vazifalarni ro'yobga chiqarishda O'zbekiston, avvalambor, o'zining hayotiy milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Milliy manfaat - bu millat, xalq hayotini belgilaydigan, uning faoliyatini malum maqsadlarga yo'naltiradigan ijtimoiy munosabatlar, milliy ehtiyojlar, tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyat, ruhiyati va qadriyatlari tizimidir. Milliy manfaatlar ehtiyojlarni qondiruvchi sharoit va qadriyatlar bilan birga ularni yaratish, ta'minlashni belgilovchi ijtimoiy tizimga, munosabatlar va tamoyillarga asoslangan bo'ladi. Ular muayyan millatga va xalqqa mansub alohida kishilar yoki biror - bir davlat fuqarosi bo'lgan odamlarning shaxsiy manfaatlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu manfaatlarning uyg'unlashuvini ifodalaydi. Manfaatlar xalqlar orasidagi har qanday faoliyatdagi kurash, raqobat yoki hamkorlik asosida yotadi. Uning ta'sirchanlik qudrati ham shunda. Millat yoki mamlakat aholisining ijtimoiy ahvolini inikos etar ekan, u milliy taraqqiyot kuchlarini harakatga undovchi muhim omil vazifasini bajaradi. Milliy manfaatning namoyon bo'lishida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.29 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.29 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga