Reja: Asteniyani vujudga keltiruvchi sabablar va ularning turlari. Astenik holatdagi o'quvchilarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar. Bolalardagi astenik holatning oldini olish va ularni korreksiyalash. Tayanch iboralar va tushunchalar: asteniya, serebral asteniya, samotogen asteniya, psixogen faktor, infantillik, intelektual еtishmovchilik. Ommaviy maktabdagi ba'zi o'quvchilarning ulgurmasligaga astenik holatlar deb ataladigan narsa ham sabab bo'ladi. Astenik holatni keltirib chiqaradigan sabablarga qarab odatda uni serebral asteniya va somotogen asteniyaga ajratadilar. Samotogen asteniya ko'pincha shikast еtkazadigan psixik faktorlar hisobiga kuchayib ketadi. Faqat sof psixogen xarakterdaga astenoidning vujudga kelishi imkoniyati ham yo'q emas, albatta. Ammo ular astenik holatning namoyon bo'lishi bilangina - cheklanadi va ko'pincha og'ir konfliktli kechinmalarga olib keladi. Ma'lumki, umumiy somatik infeksiyalar, еngil jarohatlar yoki bosh miyaning juda еngil zararlanishi, shuningdek, uzoq va og'ir psixik kechinmalar, qattiq charchash singari har qanday tashqi noqulay faktorlar birinchi navbatda markaziy nerv sistemasiga ta'sir qiladi va psixik faoliyatning funksional buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Astenik holatlarning va ayniqsa serebroastenik holatlarning xarakterli xususiyati shundaki, birlamchi - intellekt saqlangan bo'ladi, intellektual faoliyat buziladi. Bunday bolalar o'quv faoliyati jarayonida tez charchaydi, asablari qaqshab qoladi, boshi tez-tez og'rib turadi. Buning natijasida ularning ish qobiliyati buziladi, xotirasi, diqqati zaiflasha boradi. topshiriqni bajarayotganida e'tiborini bir joyga to'play olmaydi yoki xayol surib o'tiradi. Markaziy nerv sistemasining birlamchi o'zgarishlari (bosh suyakning lat еyishi, miyadagi shamollash jarayonlari) bilan bog'liq bo'lgan va biz yuqorida bayon qilib o'tgan serebral asteniya formalaridan farq qilib bolalardagi astenik xususiyatlar jismoniy zaiflik, turli somatik kasalliklar (ichki organlarning, yurak va tomir sistemasining kasalliklari), bolalarning yuqumli kasalliklari va shu singarilar oqibati ham bo'lishi mumkin. Somotogen asteniyalar vaqtida bir qancha umumiy belgilar namoyon bo'ladi, shu sababli kasalliklarning har bir turi vaqtidagi asteniyani ta'riflab o'tirishning hojati yo'q. Ichki organlar kasalligi vaqtidagi asteniyalarning xususiyatlari tuberkulyoz intoksikatsiyasi asta-sekin ro'y berayotgan bolalarda ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Bunday bolalardagi astenik belgilar shunda ifodalanadiki, ular tez charchab qoladilar, ba'zan ularning boshi og'rib turadi, asablari buzilib turadi, injiqlikka va yig'loqilikka moyil bo'ladilar, yaxshi uxlamaydilar, ishtahalari pasayib ketadi, kayfiyatlari beqaror bo'ladi, besabr va besaranjom bo'ladilar. Tuberkulyoz bo'lgan ba'zi bir bolalarda to'la qimmatli intellekt saqlanib qolishiga qaramay, ishda mahsuldorlik past bo'ladi. Ular e'tiborlarini bajarilayotgan topshiriqlarga to'play olmaydilar va asta-sekin ulgurmovchi o'quvchi bo'lib qoladilar. Jismoniy jihatdan zaiflashgan bu bolalar, odatda, o'rtoqlari orasida obro'li bo'lmaydilar va ayniqsa yig'loqi yoki jizzaki bo'lsalar, hamma bolalar uchun kulgi obеkti bo'lib qoladilar. Bularning hammasi bolani maktab mashg'ulotlariga ko'pincha qiziqmay qo'yishga, intizomsizlikka olib keladi. Ulgurmaslik va xulq-atvorining yomonligi munosabati bilan pedagog bunday bolalarga ko'pincha ular bajara olmaydigan talablarni qo'yadi, ularni dangasalikda ayiblaydi, ota-onalarini maktabga chaqirtiradilar. Ba'zi bir ota-onalar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.08 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.08 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: doc