AVESTO - Ta'limiy axloqiy asar Avesto zardushtiylik dinining muqadas kitobidir. «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 200-100 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o'rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 -yillarga to'g'ri keladi. Endi zardushtiylikda va uning muqaddas kitobi «Avesto»da ma'naviyat va ma'rifat masalalari va ularning bizning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz. Axura Mazda odamlarni bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odat qilishlari, g'arazgo'ylik, hasadgo'ylik, kalondimog'lik, shuhratparastlik, qonunsiz ishlardan o'zlarini tiyib yurish uchun intilishga chaqiradi. Bergan so'zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga amal qilish, qarzni vaqtida to'lash, aldamchilik va xiyonatdan holi bo'lish - imonlilik alomatlari ekanligi aytiladi. Imonli odam o'g'irlik va talonchilikdan, begonalarning molu-dunyosiga ko'z olaytirishdan, o'z-o'ziga xiyonat qilish, ya'ni o'z imoniga xilof ishlardan o'zini saqlay biladigan komil insondir. Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko'proq qayg'uring, ya'ni avval ma'naviy dunyoingiz musaffo bo'lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo'lib boraveradi, deyiladi «Avesto»da. «Avesto»da mehnat nihoyatda ulug'lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-ne'matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo'lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o'z qo'li bilan noz-ne'matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Avesto»da: «Don ekkan kishi taqvodorlik urug'ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini olg'a suradi, imonni oziqlantirib turadi», deyiladi. Bunga amal qilish o'n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning II-II asrlarga kelib inqirozga yuz tutdi va o'z o'rnini feodal munosabatlariga bo'shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta'limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y.) bo'lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta'limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo'lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o'ldirildi Avestoda yer, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak toza saqlanishi kerakligini aytadi. Avliyolarni shahar va qishloq chekkasida qurish va uni atrofi o'rab olinishi kerakligini aytib o'tilgan. Suvni iflos qilmaslik va unga tupurmaslik haqida yozilgan. Yerni iflos qilmaslik haqida yozilgan. Yerni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan insonlar 400 qamci urilgan. Mikroblar insonni kasallanishiga sabab bo'ladi. Avesto matnlarini o'qish imkoniyatiga egamiz. Uning ayrim qisimlarini fransuz olimi A.Dyuperron tarjima qilishga muvaffaq bo'lgan. Tadqiqotchi olim Meri Boys ko'p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylik jamoalari hayoti va urf-odatlarini o'rgangandi. Bu haqida u o'zining Zardushtiylar. E'tiqodlari va urf-odatlari kitobida hikoya qilgan. Zardusht 40 yoshida yangi diniy ta'limot payg'ambari bo'ldi. Payg'mbar so'zi savobli ishlar xabarchisi ma'nosidir. Zardushtning g'oyalari, matnlari miloddan avvalgi IV asrda to'planib, 21 kitob qilingan. Ular Avestoning asosini tashkil etgan. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:11:04
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.54 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:11 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.54 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: ppt