Axborot resurs markazi va ularning talabalar bilimini oshirishdagi roli

Axborot resurs markazi va ularning talabalar bilimini oshirishdagi roli

O'quvchilarga / Pedagogika
Axborot resurs markazi va ularning talabalar bilimini oshirishdagi roli - rasmi

Material tavsifi

Axborot resurs markazi va ularning talabalar bilimini oshirishdagi roli Reja: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot-resurs markazining asosiy vazifalari. Axborot-resurs markazining huquq va majburiyatlari. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlari Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot-resurs markazining asosiy vazifalari Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti «Axborot Resurs Markazi» O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2006 yil 20 iyun PP381 raqamli «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida»gi qarorini amalga oshirish maqsadida institut kutubxonasi sanalib kutubxonachilik bibliografiya va axborotlar bilan o'z vaqtida ta'minlab turuvchi tashkilotdir. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida»gi 2006 yil 20 iyun PP-381 raqamli qarori asosida Axborot Resurs Markazi Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti kutubxonasi negizida tashkil qilindi va ushbu markaz majburiyatlaridan kelib chiqib shartnomalar asosida kutubxona ishiga tegishli normativ hujjatlari, ko'rsatma va ustavi qoidalariga asoslanadi. Axborot Resurs markazi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi SamISI tasarrufidadir. Axborot Resurs Markazi o'z faoliyati davomida asossan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, ta'lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-hujjatlariga, Oliy ta'lim muassasasi Ustaviga, Institut rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, iestitut ichki tartib va qoidalariga amal qiladi. Axborot Resurs Markazi universal jamlama hujjatlarini yig'ish,to'plash,saqlash va ular haqida axborot matnlar,ovoz yozdirish va tasvirlash ilmiy tadqiqot ishlari uchun kerakli ma'lumotlar,axborotlar bilan o'z vaqtida iste'molchilarning talabini ta'minlab turuvchi, kutubxonalararo aloqa yuritish, fan, texnika, madaniyat va ma'rifat ishlari bo'yicha shug'ullanuvchi tashkilotdir. Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti kutubxona binosi, fondlari, jihozlari davlat mulki bo'lib, u doimo davlat himoyasidadir. ARM fondidan foydalanish tartibi, ularga xizmat ko'rsatish shartlari, ARMdan foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARM Ustavida o'z ifodasini topgan. ARMlarga umumiy tashkiliy metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralararo kengash, idoraviy va hududiy markazlar tizimi orqali, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika metodik markazi, idoralar aro kengashning ishchi organi orqali, Institut ARM va kutubxonasi orqali amalga oshiriladi. Samarqand Iqtisodiyoti va servis instituti qoshida tashkil etilgan Axborot resurs markazi (ARM) faoliyati demakratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi, fuqorolik, shaxsning erkin kamol topishi prinsiplariga asoslanadi va ARM xizmatidan foydalanuvchilar uchun xizmat ko'rsatadi. ARM dan foydalanish xizmati bepul, ARM tomonidan ko'rsatiladigan pulli xizmatlarning ayrim turlari ruyxati, ular uchun to'lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi. Axborot resurs markazi yuksak samara bilan faoliyat ko'rsatish maqsadida aholining barcha qatlamlari ulardan bemalol foydalana olishlari uchun quydagi ishlarni amalga oshiradi: Axborot resurs markazi resurslar fondini an'anaviy va noan'anaviy axborotlarni tarqatuvchi ilmiy-badiiy hujjatlarni, ma'lumotlarni fanning barcha sohalariga tegishli bo'lgan adabiyotlar bilan ta'minlashi fondni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.6 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.6 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga