Axborot ta'lim texnologiyalari

Axborot ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Axborot ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Axborot ta'lim texnologiyalari Reja: Axborot texnologiyalarini zamonaviy ta'limda tutgan o'rni. Axborot texnologiyalarini mashg'ulotlar jarayonida didaktik vosita sifatida qo'llanilishi. Masofaviy ta'lim. Tayanch iboralar: Kopyuter texnologiyalari, axborot texnologiyalari, test dasturlari, Power Point dasturi, animatsiya, elektron tashuvchilar, elektron darslik, Internet, masofaviy ta'lim, tyutor XXI asr supertexnologiyalar asri. Kompyuter inson uchun axborot sifatidagi boylikka ega bo'lishga imkon yaratadi. Chunki axborot tovarga aylandi. Dunyo ta'lim tizimlari rivojlanishidagi yo'nalishlar. 1. Ko'rsatkich tayoqcha (ukazka)dan disketaga. 2. Bor va doskadan elektron doskaga. 3. Axborotni raqamli yozishga. 4. Disketadan vileokitobga. 5. Magnit yozuvdan optik (lazer) yozuvga. 6. Magnitofondan kompyuterga. 7. Eppldan AYBIEMga va undan keyin Makintosh - Nekst - Pentium. 8. Lingafon kabinetdan kompyuter sinfiga. 9. Gigant-maktablardan kichik mualliflik maktablariga (litsey, gimnaziyalar). 10. Chop etilgan kitoblardan audiokitoblarga. 11. Bibliotekadan mediotekaga. 12. Pedagogik kengashdan telekonferensiyalarga. 13. an'anaviy pochtadan elektron pochtaga. 14. Ovozli kinofilmdan multimediaekranga. 16. multimediadan gipermediaga. So'ngi yillarda O'zbekistonda kompyuter parkini zamonaviylashtirish hisobiga OTMlarning texnik bazasi yuqori saviyaga chiqmoqda. OTMlarni axborot-telekommunikatsion texnologiyalari sohasidagi faoliyatlarini takomillashtiirsh bo'yicha amaliy ishlar rejasi ishlab chiqildi, bir qator buyruqlar qabul qilindi, yangi kompyuterlar bilan texnik bazaning jihozlanishi yaxshilandi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Respublika viloyatlarida filiallari ochildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-telekommunikatsion texnologiyalarining yangi yo'nalishlari: axborot havfsizligi, elektron tijorat, multimedia, kompyuter grafikasi, axborotni boshqarish va qayta qo'llash avtomatik tizimi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash boshlandi. Bu yo'nalishda 300 dan ortiq professor-o'qituvchilar, ilmiy ishlar bo'yicha prorektorlar va axborot texnologiyalari va masofaviy o'qitish markazlari direktorlari uchun malaka oshirish ishlari amalga oshirildi. Mamlakatning barcha OTMlarida Internet global tarmog'iga ulanish amalga oshirildi. Hozirgi kunda har 100 talabaga 6,7 kompyuter to'g'ri keladi, talabalar uylarida kompyuterlar soni 387taga etdi, va kompyuter ta'lim parkining umumiy soni 18332ga etkazishga muvaffaq bo'lindi. Videokonferen- tsiyalar o'tkazish uchun 9ta oliy ta'lim muassasalarining axborot texnologiyalari va masofaviy o'qitish markazlari zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan. Vazirlik o'zining tasarrufidagi 33ta OTMlarni 2mbs yuqori tezlikdagi yagona korporativ tarmoqqa birlashtira oldi. O'zbekiston Respublikasining barcha oliy o'quv yurtlari haqida, va keng omma uchun oliy ta'lim sohasidagi normativ va boshqa axborotlar, shu jumladan, chet ellik Internetdan foydalanuvchilar uchun axborotni to'plashga mo'ljallangan- http:ww.edu.o'z ta'lim portali yaratildi. ta'lim portalining yutuqlari va erishgan natijalari quyidagilardan iborat: - Internetdan to'liq kun skanerlash tartibida ishlaydigan, o'z ichiga 1700dan ortiq fan, texnika va ta'limga oid materiallarni, 2620ta ma'ruzalarning elektron konspektlarini, 15298 elektron referatlarni, 621ta kitoblarni oladigan, fan va ta'limga oid ma'lumotlarni avtomatik yig'ish tizimi- http:ec.edu.o'z tadbiq qilindi; - Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida hujjatlarning bajarilishini nazorat qiluvchi- http:performance.edu.o'z tizimi yaratildi; - OTMlarning elektron pasportlarining to'liq ro'yxati tuzildi; -OTMlarga talabalarining davomati va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.63 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.63 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga