Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari - rasmi

Material tavsifi

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari Reja: AKT xonasi jihozlariga qo'yiladigan talablar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish Kompyuterli o'rgatuvchi tizimlar va o'rgatuvchi dasturlar haqida tushuncha AKT xonasi jihozlariga qo'yiladigan talablar Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xonasi - bu ta'lim muassasasining, ta'lim tizimini informatikalashtirishning davlat dasturini amalga oshirish vositasi bo'lib, o'quvchilarni axborotlashtirilgan jamiyati sharoitiga tayyorlash, ta'lim darajasini ko'tarishni ta'minlovchi o'quv-tarbiyaviy bo'limidir. AKT xonasi o'ziga quyidagilarni oladi: Hisoblash texnikasi sinfi; O'quv-ko'rgazmalik qurollar; O'quv jihozlar; Orgtexnika; «Informatika» kursi va boshqa umumta'lim fanlari bo'yicha ShEHM dan foydalanib nazariy va amaliy, sinf, sinfdan tashqari va fakultativ mashg'ulotlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan mebel. AKT xonasidagi mashg'ulot quyidagilarga xizmat qilishi lozim : o'quvchilarda dunyoning zamonaviy axborot manzarasini shakllantirishga; axborot texnologiyalarini zamonaviy axborot jamiyatida kasbiy faoliyatning asosiy tashkil etuvchisi sifatida foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga; zamonaviy hisoblash texnikasi qurilmalari va ishlashi haqidagi bilimlarni shakllantirishga; ijodiy shaxsni shakllanishiga, o'quvchilarda nazariy fikrlash, xotira va tasavvurlarini rivojlantirishga; o'quvchilarda insonparvarlik, odob va yuqori axloq shakllanishiga qaratilgan o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga. AKT xonasida Informatika va AKT bo'yicha mashg'ulotlar; hisoblash texnikasini qo'llagan holda bazaviy umumta'lim o'quv fanlari bo'yicha mashg'ulotlar; Eksperimental darslar va amaliy mashg'ulotlar; Sinfdan tashqari va fakultativ mashg'ulotlar; Dasturlar (taqdimot, matnlar, referatlar) yozish bo'yicha, shuningdek maktab ixtiyoji uchun o'qituvchining vazifasiga ko'ra yangi dasturiy mahsulotlar, hujjatlar yaratish maqsadida o'quvchilarning mustaqil ishlari. Sanitar-gigiyenik talablar; Informatika va axborot texnologiyalari xonasi sanitar-epidemologik talablarga bo'ysunishi lozim. Sanitar-epidemiologik qoida va me'yorlari: «Shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari va ularda ishlashni tashkil etishning gigiyenik talablari» IHT va AKT xonalariga talablar: Kompyuterli xonalar erto'la va binoning qavat yo'laklarida bo'lishi mumkin emas. Lekin ixtiyoriy etajdagi ixtiyoriy xonada joylashishi mumkin. Uning yonida shovqin-suronli xonalar bo'lmasligi kerak. Bir ishchi joyiga kamida 6 m2 maydon va 4 metrli balandilikdagi xonaning 24 m3 hajmiga ega bo'lishi kerak. Agar xonani balandligi 4 metrdan kam bo'lsa, u holda ishchi joyining maydonini ko'patirish taklif etiladi. Polning yuzasi tekis, tozalash va ho'l latta bilan artishga qulay, hamda antiseptik xususiyatga ega bo'lishi lozim. Xonada kamida 18 m2 maydonlik va ikki eshiklik laborant xonasi bo'lishi lozim. Laborant xonasi (130 x 75) o'lchamlik ishchi stoli va seyf bilan jihozlangan bo'lishi kerak. AKT o'quv xonalari tabiiy va sun'iy yoritishga ega bo'lishi kerak. Xona devorlarini bo'yash uchun och-yashil, och-ko'k, och-kulrang tonlarni olish mumkin. Shuningdek devorlarni och sariq yoki och-fil suyagi ranglarini tanlash mumkin O'quvchilar uchun ishchi o'rinlar sinfni to'latishga bog'liq ravishda 9, 12, 15 bo'lishi mumkin. O'quvchilarning va o'qituvchining stoliga ulangan elektr quvvatlari statsionar va ko'rinmas bo'lishi kerak. Elektr shiti o'qituvchiga bir onda elektr manbasini o'chirishga imkoniyat beradigan bo'lishi lozim. ShK va boshqa texnikalarni elektr tarmog'iga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 174.84 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 174.84 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga