Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Turkiston ma'rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari

Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Turkiston ma'rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Turkiston ma'rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari - rasmi

Material tavsifi

axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Turkiston ma'rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari. (Qadimgi dunyo, o'rta asrlar, yangi davr). Reja: 1. Qadimgi Sharq axloqiy tafakkurning beshigi sifatida. 2. Qadimgi Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy qarashlar. 3. Qadimgi dunyoning mumtoz va Rumo axloqshunosligi. 4. O'rta asrlar musulmon sharqi axloqshunosligida asosiy yo'nalishlar. 5. YevropaO'rta asrlari va uyg'onish davri axloqiy ta'limotlari. 6. Yangi davr va eng yangi davr axloqshunosligi. 1. Qadimgi Sharq axloqiy tafakkurning beshigi sifatida. Ilm dunyosidagi, har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo'lmaydi, degan hikmat, ayniqsa, axloqshunoslikka taalluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarini o'rganadi, ma'naviy merosning ulkan qismi bo'lmish axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-o'gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish va targ'ib qilish yo'llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya malum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining mevasi bo'lsa-da, u, mohiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va etiket qonun-qoidalarini o'z ichiga oladigan axloqiy targ'ibot muammolari, axloqiy pand-o'gitlar va me'yorlar talablarini bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda «amaliy axloq» deb ataladigan qismini tashkil etadi. Darhaqiqat, avval aytib o'tganimizdek, «Kalila va Dimna»siz, Konfutsiy o'gitlarisiz, «Qobusnoma»siz xalq maqol va matallarisiz bu fan taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Shuningdek, muayyan axloqiy tizimni anglash, baholash ham xuddi targ'ibot singari, malum manoda adabiyot vositasida amalga oshirilishini unutmaslik lozim. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo'lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh mabudlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo'lganlari uchun ham madh etiladi. Chunonchi, quyosh mabudi Utu axloqiy me'yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, mabuda Nanshe esa, bazi matnlarda haqiqat adolat va shafqat homiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, mabudlar tomonidan o'rnatilgan «Me» deb atalgan qonunlar ro'yxatidan olam harakatini tartibga solish, uning to'xtovsiz va uyg'un bo'lishini ta'minlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birgalikda - «yolg'on», «nifoq», «gina», «kudurat», «qo'rquv» tushunchalari ham o'rin olgan. Shuningdek, somiriylarning maqol va matallari, hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor; ularning ko'pchiligi umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko'tarilgan va Sharqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir ham qo'llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa «Gilgamesh» eposi dostonlarida ko'tarilgan. Somirliklar erishgan ilmiy, badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlar bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo'ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbatan badiiy yuksak va mukammal «Gilgamesh» eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashhur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kambag'allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qilib qo'yilgan; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 130.24 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 130.24 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga