Axloqiy tarbiya metodlari

Axloqiy tarbiya metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Axloqiy tarbiya metodlari - rasmi

Material tavsifi

Axloqiy tarbiya metodlari Reja: 1. Axloqiy tarbiya haqida tushuncha. 2. Metodlarga qо'yiladigan talablar. 3. Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy terbiya berishda har xil metod va usullardan foydalani-ladi. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda mada-niy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg'ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhga bо'linadi. 1-guruh: axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini shakllantirishga qaratilgan metod-lar. 2-guruh: axloqiy his-tuyg'ular va munosabatlarni rag'batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar. Hamma guruh metodlari axloqiy his-tuyg'ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta'minlaydi. Shu-ningdek, kо'rsatmali, og'zaki metodlar, tushuntirishni kо'rsatish bilan qо'shib olib borish. Tarbiyachining hikoyasi, о'qib berish, axloqiy mavzularda suhbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, о'qilganlar bо'yi-cha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar ada-biyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy meyor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari о'rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tu-shunchalar shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qо'yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik tо'g'risidagi tasavvur-larini e'tiborga olish, aqliy, xulq-atvor meyorlari-ni muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning о'zlarini faol qatnashtirish, har bir bola-ning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bо'lish. Bolani noо'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e'tiborsizlik qilish yaramaydi. Hamma metodlardan ma'lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod о'ziga xos bо'lib, ma'lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali kо'rib chiqamiz. Tushuntirish kо'pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, meyor, qoida bayon qilib borilayotganda ish-latiladi. Tushuntirish kattalarning jonlya sо'zi va namunasiga asoslanadi. Masalan: rо'paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz tо'xtab, u kishining yuziga qarab kulim-sirab «Assalomu alaykum» deyish va yana yо'lida davom etish kerak. Tushuntirish va kо'rsatish tabiiy holda bо'lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qо'llash mumkin. Tushuntirish yorqin bо'lib, bolalarning his-hayajoniga yetarlicha ta'sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi: - bolalarda ijobiy-axloqiy hislarni uyg'ota olish, ertak kahramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug'idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgala-shib achinish; - bolalarga tushunarsiz bо'lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish; - axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg'ulotlarda, sayrlarda, bolalarning о'z hayoti bilan bog'liq bо'lgan joylarda foydalanish. Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq meyorlari va qoidalarini, ijo-biy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va meyorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak. Suhbat jarayonida bolalar о'z fikr-muloha-zalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq meyorlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.66 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.66 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga