axloqiy tarbiya. Estetik tarbiya Reja: axloq ijtimoiy ong, ta'sir etish va tarbiya shakli sifatida. sharq mutafakkirlarining axloqiy qarashlari haqida. axloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari. 1. axloq ijtimoiy ong, ta'sir etish va tarbiya shakli sifatida. axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos o'rin tutadi. axloq (lotincha - xulk-atvor manosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. axloq - ma'naviyatning tarkibiy kismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyasida uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulki aniklanadi. axloqiy e'tiqodga ega inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo'lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, axloqiy bilimlar kachon hayotiy tajribalarda ko'llanilib, o'quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo'lgandagina shakllangan deyish mumkin. axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulkiga nisbatan his-tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyasiviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulk-atvorni shakllantirishga oid tarbiyasiviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra axloqiy xulk-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, o'quvchida axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo'lishi shart. Demak, axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulk-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo'ladi. axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab etishdan iboratdir. Xatti-harakatlar tizimi axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofikdir: axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi kompaniyaga aylanmay, maqsadga muvofik, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur; o'quvchilarda axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyasilash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyasilanuvchilarning o'z nukati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi; shaxsda o'z idealiga intilishiga bo'lgan his-tuyg'ularini uyg'otishga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko'nikmalarni tarbiyasilash; -axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyasilanuvchilarning tajribasi, tarbiyasi qoidalarini kabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish; tarbiyasilanuvchilarda yuksak axloqiy sifatlar - insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish; fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko'p axloqiy sifatlar - boshqalarga g'amxo'rlik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: doc