Mavzu: axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish Reja: Axloqiy tarbiyada xalq maqollarining o'rni. Axloqiy tarbiyada hadislarning xalq maqollari bilan uyg'unligi. Axloqiy tarbiya pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi. Katta yoshdagi odamlarni o'ziga yarashadigan xulqu odobga o'rgatadigan tanbehlar va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta'lim maslahatlaridan iborat o'ziga xos nasihatlar. Bu ayniqsa, ta'lim tajribasini umumlashtirishning o'ziga xos shakli sanaladi. Maqollarda bolalarning tug'ilishiga, ularning xalq haetidagi o'rniga, tarbiya maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag'batlantirish va jazolashga, o'qish mazmuniga, mehnat va axloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe'el atvoridagi fazilatlarni meros qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta'siriga daxldor ta'lim g'oyalari o'z aksini topgan va h.k. Xalq va avlodlarning ta'lim mubohasasida kattayu kichik barcha xalqlar beistisno ishtirok etadi. Bolaning budunyoga kelishi uchun bayram, farzandsiz ikki jonning yashashi dushvor. O'zbek maqollarida bolalar haqidagi yaxshi gaplar ko'p takrorlanadi: «O'g'il bilan qiz - bir juft qizil gul», «O'g'il bilan qiz - uyning mehmoni», «O'g'il bilan qiz - tun bilan kun», «O'qil oftob, qiz mohtob», «Bolalar osmondagi yulduzlar, qorong'u tunni erug' kunduz qiladi», «O'g'li yo'qning o'rni yo'q, qizi yo'qning qadri yo'q». Bolani har kim ham tug'adi, lekin tarbiya har kimning qo'lidan kelavermaydi. «Tug'ishga tug'ib, tarbiya qilolmaydi» ham ota, ham onaga tegishli bunday tanbehlar har bir xalqda uchraydi. Maqollarda tarbiyaning qulay va noqulay sharoitlari o'z aksini topgan. Barcha xalqlarda yosh avlodga tarbiyachi (murabbiy)larni hurmat qilish zarurligi uqtiriladi. Ota-ona obro'siga, ayniqsa, katta e'tibor beriladi: «Ota puli bilan emas, ota aqli bilan yashash kerak», «Eskichada ham, yangichada ham ota o'g'ildan qutlug'», «Otalar so'zi aqlning ko'zi». Onani ham istehkom devoriga qiyos qilinadi. Ota-onalariga qilgan muomalalariga qarab bolalar taqdiri bashorat qilinadi: «Otangni xor qilganding, senga ham o'g'lingdan shu qaytadi» (rus). Darvoqe, bu mavzuda bir ertak ham bor, unda eng yaxshi tarbiyachi keksalar ekani to'g'risida bir olam maqol aytilgan: «Qancha keksa bo'lsa, shuncha haq, qancha esh bo'lsa, shuncha qadrli», «Qari bilganni pari bilmaydi», Xalq dunyoqarashini o'rganish uchun ta'lim o'gitlarining o'zi ayniqsa qimmatlidir. Ular ta'lim ashyolari, bolalar va tarbiya haqidagi bilimlar bilan birgalikda xalq ta'limi tafakkurining negizini tashkil etadi. Bu xalqning o'ziga xos axloqiy ma'rifiy qoidasi. Bu qoida muhim jihatlarda xalqning o'zi tomonidan obdan o'ylab ko'rilgan: «Bolalarni kaltak bilan emas, yaxshi so'zlar bilan o'qitadi», «Kaltakdan badan qabaradi, haqoratdan yurak», «Bolalarni do'q va kaltak bilan emas, uyaltirish bilan jazolaydi», «O'zingnikini olganingda o'zgalarni ham unutma, o'zingniki istasang-istamasang do'st bo'lib qolaveradi», «esh aql bahorgi muz parchasi», «Yumshoq saqich muhrga, esh esa ilmga bilimning onasi», «Olim ko'rib turadi, avom izidan boradi», Maqollarga qarab shaxsning ijobiy va salbiy xislatlari odamlar xulq-atvorini bir zaylda yaxshilashni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
161.51 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
161.51 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: pptx