Axloqiy va estetik tarbiya

Axloqiy va estetik tarbiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Axloqiy va estetik tarbiya - rasmi

Material tavsifi

axloqiy va estetik tarbiya Reja: 1. axloq va axloqiy tarbiya haqida tushuncha. 2. axloqiy tarbiyaning mazmuni. 3. Estetik tarbiya va uning mazmuni. 4. Estetik tarbiya berish vositalari. O'zbekiston Respublikasining o'ziga xos taraqqiyot yo'li oliy o'quv yurtlaridan yuqori malakali muhandislar tayyorlashning yangicha tamoyillarini takazo etmokda. Bu esa pedagogika kursini yangi konsepsiya asosida ishlab chiqishni va o'qitishni dolzarb muammo qilib kuydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida» bozor iqtisodiyoti va yangicha texnologiya sharoitida ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash kuzda tutilgan. o'quv yurtlarida ta'lim tarbiya jarayonlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish, yangi ta'lim usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, yoshlar ta'lim tarbiyasini milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarni bilish, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadokatlilik ruhini tarkib toptirish asos qilib olinishi lozim. Tavsiya etilgan ma'ruza matnlari o'z oldiga bo'lajak mutaxassislarni xalqimizning o'ziga xos maxnaviyatini ruhiga mos tushadigan pedagogik bilim, ko'nikma va malakalar bilan mukammal qurollantirish orqali ularda milliy tafakkur, odob-axloq, tarbiyani tarkib toptirishni maqsad qilib kuyadi. Ushbu ma'ruzalar Respublikamizda bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida talab va ehtiyojlarni, jamiyatimiz istiqboli, xalqimizning boy pedagogik qadriyatlarini, rivojlangan mamlakatlarni ta'lim-tarbiyaga oid ilg'or tajribalarini hamda hozirgi zamon pedagogikasi, psixlogiyasi fanlari nazariyasi va amaliyoti yutuklarini hisobga olgan xalqimizning farzandlaridan bo'lajak Muso Xorazmiy, Axmad Fargoniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ulugbek kabi imonli, eotikodli, bilimdon, kasb-hunarli, kelajagi buyuk davlatimizning sadokatli fukorolarini shakllantirishning ilmiy uslubiy asoslari bilan talabalarni qurollantiradi. Pedagogika shaxs ta'limi haqidagi fan ekanligidan kelib chikib, uni o'rganishda quyidagi masalalarga eotibor beriladi: ta'lim ijtimoiy, taraqqiyotning ustuvor yo'nalishi bo'lib jamiyatning maonaviy jihatdan takomillashtirishning eng ishonchli omili; Jamiyatni demokratiyalashtirish va inson parvarlashtirish g'oyasidan kelib chikib ta'lim-tarbiya markazida shaxs, uning talab ehtiyojlari, kizikishi, intilishlari hamda ularning qobiliyati va isteododlarini o'stirish turadi; hozirgi zamon ta'lim-tarbiya muammolarini xal etishda xalqimizning ko'p asrlik boy pedagogik tajribasi hamda jamiyat taraqqiyotining istiqbollari va ilg'or mamlakatlarning tajribalari xam hisobga olinadi. Oliy ta'lim tizimida o'qitish talabalarni axloqiy mukammallashtirish bilan boglab olib boriladi. Ularning ong bilan xulk birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamiyat va Vatanga, mehnatga, kishilarga, o'z xulkiga kuyidagicha tekshirish mumkin: a) Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadokatni tarbiyalash, Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalmilallik fazilatlarida aks etadi, uning maqsadlarida, Vatan boyliklarini ko'paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarda namoyon bo'ladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik axloqiy tarbiyada alohida urin tutadi. Xadisi Sharifda Vatanni sevmok iymondandir, deb bejiz aytilmagan. b) mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash-shaxsning butun maonaviy yo'nalishini belgilaydi, chunki ishlay, kurashmay yashash mumkin emas. Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon buladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.39 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.39 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga