axloqning asosiy tamoyillari Reja: Vatanparvarlik tamoyili. Insonparvarlik tamoyili. Baynalminallik tamoyili. mehnatga halol munosabat tamoyili. Tayanch tushunchalar: axloqiy tamoyil, normativ baho, xatti-harakatlar tipii, majburiylik xususiyati, umuminsoniy vatanparvarlik, umumxalq vatanparvarligi, xalqlar dustligi, mehnatning axloqiy kimmati, erkin va ozod mehnat, mehnatdagi ijodiylik, mehnat intizomi, gumanizm, moddiy va ma'naviy ehtiyojlar, xalqlar ozodligi hamda mustaqilligi. 1. axloqiy prinsiplar (tamoyillar) tarixan nisbiy bo'lishiga qaramay, ular bari-bir obyektivdir. Chunki axloqiy tamoyillarning mazmunini ijtimoiy praktika belgilaydi. Umuminsoniy axloqning tamoyillari o'tmish progressiv axloqining prinsiplarini tanqidiy uzlashtirish asosida vujudga kelgan. Ana shunday prinsiplar jumlasiga vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tamoyillarni kiritishimiz mumkin. Vatanparvarlik - vatanga muhabbat unga Sodiqlik, uning manfaatlari yo'lida vijdonan mehnat qilish, uzni fido qilish demakdir. Vatan - bu odam tug'ilgan, tarbiyalangan, mehnat kuvonchini totigan, shu odam mansub bo'lgan xalq tarixi boglangan hamda tarixan shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial-siyosiy va madaniy muhitdir. Vatan ko'p kirrali tushunchadir, bu malum xalq yashaydigan territoriya, sotsial-iqtisodiy tuzum, maishiy hayot, madaniyat, til, milliy an'analar, yani inson yashayotgan moddiy va ma'naviy hayot sharoitlari yig'indisini o'z ichiga oladi. Vatan tushunchasi tor manoda insonning kindik koni tukilgan muayyan tuproq bilan boglanadi. Xuddi shu manoda «Vatan ostonadan boshlanadi» deb bejiz aytilmagan. Vatanparvarlik ijtimoiy, tarixiy va axloqiy his sifatida odamning ijtimoiy evolyutsiyasi davomida paydo bo'lgan. Uning dastlabki belgilari ibtidoiy jamoa davridayok kurina boshlagan. Urug a'zolari o'rtasidagi kon-karindoshlik vatanparvarlikning negizi bo'lib xizmat kilgan. Sinfiy jamiyat paydo bo'lishi bilan vatanparvarlik fakat o'z urugdoshlariga, ona yerga, ona tiliga, urf-odatlarga tabiatan bog'liq his bulmay kolgan. Shuni alohida takidlab utish lozimki, vatanparvarlik g'oyalarining evolyutsiyasi fakat chuqurlashibgina kolmay, balki vatanparvarlik geografiyasi xam kengayib bordi. Masalan. Ibtidoiy jamiyatda vatanparvarlik bir urug doirasidagi chegarani kamrab olgan bulsa, yunonlar davrida viloyatni, foedalizmda esa butun bir yurtni kamrab olganligi bilan xarakterlanadi. o'rta Osiyo xalqlarining arablarga va mugul boskinchilariga qarshi olib borgan kuzatuvlarida vatanparvarlik tuyg'usi yuksak darajada rivojlanganligini kuramiz. Masoget kabilasi boshligi Tumarisning sak xalqlarining jasur farzandi Shirokning aql bovar kilmas darajadagi jasorati vatanparvarlikning oliy chukkisidir. Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslarning chet el boskinchilariga qarshi kurashda vatanparvarlik kudratli kuchga aylanganligini guvoxi bulamiz. Bir ulug mutafakkir «bir Vatanda tug'ilgan xamma xam vatanparvar degan unvonga loyik bulavermaydi», deb xak gapni aytgan ekan. boshqa bir donishmand esa, «Tugishgan akang yomon bulsa, uni sevmaslik mumkin, lekin vatanni sevmaslik aslo mumkin emas», deb takidlagani aynan xakikatdir. Buyuk rus tanqidchisi N.G.Chernishevskiy vatanga muhabbatni eng buyuk insoniy tuyg'u deb bilgan. U xalq bilan xamnafas, xamfikr bo'lgan shaxsni, vatani uchun jonini xam ayamaydigan, xalq madaniyati, tili, tarixiy taraqqiyoti uchun kurashda jonbozlik kursatgan odamlarni haqiqiy vatanparvarlar deb atagan. Xazrat Alisher ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.15 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.15 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: doc