Axloqning kelib chiqishi, ixtiyor erkinligi va axloq tuzilmasi. Reja: 1. Axloq - ma'naviy nemat sifatida. 2. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov tushunchalari. 3. Axloq tuzilmasi tushunchasi. 4. Axloqning boshqa ma'naviy tuzilmalari bilan o'zaro aloqalari. 1. Axloq - ma'naviy nemat sifatida. Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular - nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o'zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo'lish, rivojlanish, o'zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o'lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, o'simlik urug'dan paydo bo'ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o'rnini sirach chiqarib, davolaydi - muhofaza qiladi, urug'ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a'zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so'z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G'azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqazo etadi. Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo'lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir-biriga qarama-qarshi ikki qarash mavjud. Biri - diniy, ikkinchisi - dahriycha qarash. Diniy-e'tiqodiy nuqtai nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa, buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g'oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyyotshunosi Charlz Darvin (1809-1882) fikrlari alohida etiborga molik. U tabiiy turlarning tanlov yo'li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion ta'limotni yaratdi. Darvin odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi va odam maymundan paydo bo'lgan jonzot degan xulosa chiqardi. Darvincha-dahriycha qarash yaqin-yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi. Umuman, olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo'lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to'qson foyizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko'pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksil fikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. Shuni ham aytish kerakki, bazilarda, diniylik bilan dunyoviylik bir-biri bilan sig'ishadigan hodisalarmi, degan havotirli savol tug'iladi. Biz unga «Ha!» deb javob beramiz. Ular na faqat sig'ishadi, balki bir-birini taqozo etadi. Xususan, dunyoviylik diniylikning mavjudlik sharti, yanibu dunyo bo'lmaganda, umumjahoniy dinlar va muqaddas kitoblar nozil qilinmagan bo'lur edi. Ular bir-biri bilan sig'ishgani uchun ham bugun biz ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.17 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.17 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: doc