axloqning strukturasi, mohiyati va ijtimoiy funksiyalari. Reja: axloqiy ong, uning mohiyati va mazmuni. axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlar. axloqning ijtimoiy funksiyalari. Tayanch tushunchalar: axloqiy ong, axloqiy amaliyot, axloqiy talablar, adolat, xulk normalari, individual axloqiy ong, axloqiy hissiyot, axloqiy ishonch, epizodik axloqiy munosabatlar, turgun axloqiy munosabatlar, baholov, bilish, tarbiyalash funksiyalari. axloq uzgaruvchan murakkab tushuncha. Ijtimoiy ong singari axloq strukturasini xam ijtimoiy munosabatlar belgilaydi. axloq - kishi va jamiyat o'rtasidagi obyektiv o'zaro bog'lanishning ideologik va psixologik namoyon bo'lishidir. Anikrogi umumiy va individual manfaatlarni muvofiklash zaruratining ifodasidir. Shuningdek, axloq shaxs bilan jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy shakllaridan biridir. axloq strukturasiga axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlar kiradi. axloqning mazkur elementlari bir -biri bilan o'zaro bog'liq bulsa-da, nisbiy mustaqildir. axloqiy ong - axloqiy talablarni, adolat to'g'risidagi tasavvurlarni shakllantiradigan nazariyalar va qarashlar yig'indisidir. Umuman, ong singari axloqiy ong xam mavjud ijtimoiy borliqning inikosidir. Ammo axloqiy ongda ijtimoiy borliq emas, balki kishilarning jamiyatdagi xulki o'z ifodasini topadi. Malumki, inson xar qanday xatti - harakatini ongi orqali bajaradi. Mazkur xatti - harakatlar jamiyat uchun foydali bulsa, axloqiy ongning mazmunini tashkil etadi. axloqiy ongning mazmunida xulk normalaridan tashqari odat va an'analar xam muhim urin tutadi. Chunki odat va an'analarda xulk qoidalari bo'lib, turmushga mustahkam singib ketgan va turgun xarakterdagi bir xil xatti - harakatlarga keng yul - yuriklar kursatadi. Tarixiy tajribalar sifatida saykal topgan odat va an'analarda xalq ruhi, millatning psixik xususiyatlari xajda davrning belgilari o'z ifodasini topgan bo'ladi. Ular hayotiy ehtiyojlar ta'sirida paydo bo'ladi, shakllanadi, sung xalq tomonidan kullab - quvvatlanadi. Demak, axloq taraqqiyotidagi xar bir yangi kadam eski, umrini utab bo'lgan urf - odat va ananlarni unitish hamda yangi odat - an'analarni hayotga joriy qilishdan iborat. Kishilar hayot tarzini manoli va mazmunli kilgan, shuningdek, yoshlar axloqiy tarbiyasida muhim rol uynaydigan odat - an'analarni avaylab saklaydilar. Ularni yangi umuminsoniy mazmun bilan boyitib avloddan - avlodga meros koldiradilar. Mavjud rasm - rusum, urf - odat va an'analarni uchga bo'lib ko'rsatish mumkin: Milliy urf - odat va an'analar. Diniy urf odat va an'analar. Baynalminal urf - odat va an'analar. axloqiy ong strukturasidagi keyingi elementlar axloqiy tuyg'u, axloqiy hissiyot va axloqiy ishonchdir. Agar axloqiy tuyg'u va axloqiy hissiyot bulmasa, kishilar o'rtasida chin manodagi axloqiy munosabatlarning bo'lishi mumkin emas. tuyg'ular, hissiyotlar axloqiy ongga yorkinlik va turgunlik beradi. hissiyot insonning axloqiy hayotini tulakonli qiladi. hissiyotlar o'z mazmunga ko'ra ijobiy (samimiyat, raxmdillik, hamdardlik, mexribonlik) va salbiy (munofiklik, xasad, baxillik, ichikoralik) turlarga bulinadi. axloqiy ongda emotsional tomon intelektual tomon bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.95 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.95 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: doc